21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 21:22
Salomatlik 👁 1,067

70 yoshli shijoatli shifokor

70 yoshli shijoatli shifokor

Sulton Tojiniyozovning qalbida odamlarga, jonli tabiatga nisbatan yaxshilik qilib yashash, yaratish ishtiyoqi uygʻonganida hali kichkina bolakay edi. 1-sinfdanoq aʼlo baholarga oʻqigan Sulton Toshhovuz shahridagi 5-sonli umumtaʼlim maktabini oltin medal bilan tugatishga muvaffaq boʻldi.

1973-yilda, Toshkent Tibbiyot institutini tugatish arafasida taqsimot komissiyasi tomonidan asli toshhovuzlik Sulton Tojiniyozovga Amudaryo tuman markaziy shifoxonasiga urolog-shifokor sifatida ishlashga yoʻllanma berildi.

U paytlari butun boshli tuman markaziy shifoxonasida bor-yoʻgʻi bittagina “tez yordam” mashinasi bor edi. Oliy maʼlumotli mutaxassislar yetishmasdi.

Ana shunday murakkab ish sharoitida Sulton Tojiniyozov ustozlari Vladimir Pankusovich Gauxman, Abdulla Xoʻjametov, Raʼno Abdullayevalar bilan yelkama-yelka turib el-yurt sogʻligi yoʻlida xizmat qildi. Bilganlarini ustozlari bilan birga baham koʻrdi, bilmaganlarini oʻrganishdan aslo charchamadi. Toshkent Tibbiyot malaka oshirish institutida, Tbilisi, Irkutsk, Chelyabinsk, Kemerova, Sankt-Peterburg shaharlaridagi nufuzli tibbiyot institutlarida jahon tibbiyotining zamonaviy va noanʼanaviy davolash texnologiyalari boʻyicha bir necha marta oʻz malakasini oshirdi. Tajribali urolog-jarroh sifatida yuzlab bemorlarga hayot baxsh etdi.

Uning tibbiyot sohasidagi xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib baholandi. 1992-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi unvoniga sazovor boʻldi. Uning koʻksini “Sogʻlikni saqlash sohasi aʼlochisi” nishoni va “Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi” yubiley medali bezab turibdi. Umr yoʻldoshi, Alloh rahmat qilsin, koʻplab yoshlarning ustozi Maryam Haydarova bilan 5 nafar oʻgʻilni tarbiyalab, voyaga yetkazishdi.

Doim xalq orasida, xalq dardiga malham boʻlib yashab kelayotgan Sulton Tojiniyozov nafaqaga chiqib qoʻl qovushtirib oʻtirishni oʻziga ep koʻrmadi. Tibbiyot sohasida tadbirkorlik faoliyatini boshladi. «Salomatlik» xususiy shifo markazini ochdi. Markazda zamonaviy hamda noanʼanaviy usullardan foydalangan holda giyohlar, zuluk, asalari zahri va asalari tabiiy mahsulotlari bilan davolashni yoʻlga qoʻydi. Boʻsh vaqtlarida esa kitob oʻqish, tabiat bagʻrida sayr qilishni yaxshi koʻradigan Sulton Tojiniyozov oʻz tomorqasida turli gul va daraxtlarni oʻstiradi, moʻʼjazgina hovuzida baliqning bir necha turlarini parvarishlaydi. Kabutar, bedana, toʻtiqush, tipratikan, hatto ilonlar, timsoh ham boqadi.

Ayni kunlarda umrining 70 yillik dovonidan hatlayotgan Sulton Tojiniyozov hamon tetik, hamon yuragida ishlashga ishtiyoqi baland. Demak, ishtiyoq bormi, albatta, shifo ahlining bu gʻaroyib tabiatli vakili yana yangi orzular sari dadil qadam qoʻyishiga shubha yoʻq. 70 yoshingiz qutlugʻ boʻlsin, yuz yoshda ham sizni shijoat tark etmasin, omon boʻling, azizim Sulton!

Jumaboy YaVQAShEV, tuman Tibbiyot birlashmasi

tashkiliy-uslubiy boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026