AMUDARYo TUMANI DAVLAT ARXIVI YaNGI BINOGA KÖÇIB ÖTDI (+foto)
Amudaryo tumanida 2007-yilda öz faoliyatini boşlagan arxiv muassasasi mana 11-yildirki, moslaştirilmagan binolarda faoliyat yuritib kelayotgan edi. Davlatimiz va hukumatimizning eʼtibori bilan 2016-yilda tuman davlat arxivi idorasiga alohida bino ajratildi. Foydalanilmay, qarovsiz yotgan bino tuman davlat arxivi balansiga ötkazilib, qisqa fursat içida zamonaviy körinişda taʼmirlandi.

8-iyun kuni tuman Davlat arxivi idorasi mazkur yangi binoga köçib ötdi. Şu munosabat bilan taşkil qilingan tantanali marosimda tuman hokimi Sultanboy Yöldoşev, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Özarxiv” agentligi boş direktori Umidjon Ollamov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Qahramon Sariyev hamda Respublikamizdagi arxiv muassasalarining rahbarlari iştirok etdilar.

Tantanada sözga çiqqanlar mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlari körsatiş sifatini oşiriş, arxiv fondini saqlaş va undan foydalaniş böyiça barça imkoniyatlar yaratib berilayotganini taʼkidladilar.
Binoni zamonaviy uslubda, öziga xos dizaynda, sifatli taʼmirlab foydalanişga şay holga keltirgan “Tole” xususiy firmasi raisi Pölat Xöjaboyev tuman Davlat arxivi boşliği Bahodir Jumaniyozovga binoning ramziy kalitini tantanali ravişda topşirdi. Ramziy tasma kesilib, mehmonlar bino içida idora xizmatçilari va taşrif buyuruvçilar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdilar.


466 mln söm byudjet mablaği hamda 104 mln söm miqdoridagi muassasaning öz mablaği hisobidan taʼmirlanib, rekonstruktsiya qilingan uşbu binoda arxiv fondini saqlaş va fuqarolarga sifatli xizmat körsatiş uçun barça şaroitlar mavjud. Eng muhimi, bu bino özining zamonaviy körinişi bilan Manğit şahrining körkiga körk bağişlab turibdi.










O.Rajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶