21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:00
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,759

FERMER – BIZNING BOSh TAYaNChIMIZ

FERMER – BIZNING BOSh TAYaNChIMIZ

Tumanimizdagi asosiy va yetakchi tarmoq - paxtachilik hisoblanadi. Paxtachilikni rivojlantirish, uni sanoat darajasiga yetkazish davlat ahamiyatiga ega boʻlgan muhim masala, dolzarb vazifadir. Tumanimizda bu borada koʻlamdor amaliy ishlar qilinmoqda, sohada davlat islohotlari davom ettirilmoqda, fermer xoʻjaliklarining tashkiliy jihatlari va boshqarish mexanizmi takomillashtirilmoqda. Bu boradagi muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning Farmon va Qarorlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan paxtachilikka ixtisoslashgan 261 ta fermer xoʻjaliklarida joriy 2013-yilda jami 16050 gektar yerga paxta ekilib, vegitatsiya davrida gʻoʻzalar agrotexnika qoidalariga muvofiq parvarish qilindi, oʻz vaqtida agrotexnik tadbirlar amalga oshirilib, meʼyorida oziqlantirildi va sharbat usulida sugʻorildi. Natijada kuzga kelib paxtadan moʻl hosil yetishtirildi. Bu albatta fidoyi paxtakor dehqonlarimiz va mexanizatorlarimizning peshona terlari, paxta maydonlarida butun yoz boʻyi qizgʻin mehnat qilganliklari tufaylidir.

Faqat bir-ikki soha, yaʼni paxtachilik, gʻallachilik va pillachilik bilangina shugʻullanib qolmasdan bogʻdorchilik, baliqchilik, chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik bilan, shuningdek, madaniy-maishiy servis xizmat turlarini koʻpaytirish, tadbirkor kishilarni qoʻllab-quvvatlash fermerlar zimmasiga yuklatilgan vazifalardir. Tumanimizda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga aylantirilgan fermer xoʻjaliklari 197 tani tashkil etadi. Shiddat bilan rivojlanish davom etayotgan hozirgi davrda fermer xoʻjaliklarini koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga aylantirish zarurati kuchaymoqda. Shu bois fermer xoʻjaliklarini tashkiliy jihatdan takomillashtirish, faoliyat doirasini kengaytirish kun tartibidagi kechiktirib boʻlmaydigan muhim hayotiy masaladir. Oʻz faoliyatlarini yaxshi yoʻlga qoʻygan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklaridan "Amudaryo sohili”, "Amirxon”, "Amudaryo-Panasham”, "Hayitboy Otaxon”, "Yusufxoʻja”, "Polvonov Bahrom”, "Tursunboyeva Umida”, "Jumaboyev Jangaboy”, "Nurulla Rahimov”, "Yergulobod”, "Jumaboyev Sobir” va "Usta Olloyor” fermer xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirishdan tashqari madaniy-maishiy va texnikaviy servis xizmat turlarini ham yoʻlga qoʻymoqdalar. Bu bilan qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarishning koʻpayishi, xizmat turlarining ortishi hisobiga aholi bandligi muvaffaqiyatli hal qilinmoqda. Kelgusida ham fermer xoʻjaliklarini talab darajasidagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga aylantirish, bu sohani yanada takomillashtirish ishlari davom ettiriladi.

Ayni kunda tumanimizda paxta yigʻim-terimi ishlari qizgʻin davom ettirilmoqda. Fermer xoʻjaliklarining har birida bittadan, jami 261 ta yigʻim-terim otryadlari boshliqlari yigʻim-terim ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etib, terim surʼatining oshishini taʼminlamoqdalar. Shu bilan birga ular terimchilarning unumli mehnat qilishlari uchun dala boshida barcha qulay shart-sharoitlar yaratilishiga masʼuldirlar. Yigʻim-terim davrida fermer xoʻjaliklarining tijorat banklari bilan munosabatlari yanada faollashib, terimchilarning mehnat haqlarini oʻz vaqtida dala boshiga yetkazib berish muntazam ravishda tashkil etilmoqda. Masalan, tumanimizdagi eng yetakchi tijorat banki hisoblangan "Agrobank”ning tuman boʻlimi xodimlari ayni kunda faol ishlab, 95 ta fermer xoʻjaliklariga va Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kollejiga namunali moliyaviy xizmat koʻrsatmoqda. Bu bank xodimlari mazkur 95 ta fermer xoʻjaliklaridagi terimchilarning mehnat haqlari uchun shu kungacha 2 milliard soʻmga yaqin pul mablagʻlarini dala boshiga yetkazib terimchilarga tarqatib berdi. "Mikrokreditbank” "Xalq banki” va "Milliy bank” tuman boʻlimlari xodimlari ham terimchilarning mehnat haqlarini oʻz vaqtida yetkazib berishning uddasidan chiqmoqdalar. Terimchilar mehnatini munosib baholash esa ular kuchiga kuch, gʻayratiga gʻayrat qoʻshib, terim surʼatining oshishini taʼminlamoqda.

Paxtazorlarimizda hosil hali koʻp. Terimchilar yigʻim-terimda faol qatnashib, navbatdagi yuksak marra-43 ming tonnalik "oq oltin” xirmonini bunyod etish uchun oʻzlarining butun kuch-gʻayratlarini sarflamoqdalar. Paxta yigʻim-terimi qizgʻin davom etmoqda.

Otaxon QURBONIYoZOV,

tuman fermerlar Kengashi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026