88 YoŞLI HUNARMAND BOBO
Manğit şahridagi buyum bozoriga kiraverişda yoşgina qizning oyoq kiyimi tagçarmi nosoz holatga kelib qolganiga közim tuşdi.
Qizgina tört tomonga javdirab, nima qilarini bilmay turib qoldi. Yoniga bordim. Poyafzali oyoğiga ilinib turgulik holatda emas. Tuflisining ustki qismi tagçarmidan butunlay ajralib tuşgandi. Qizaloqqa yordam berişga şoşildim. Unga sumkamni tutqazdim-da, poyafzalini olib yaqin örtadagi poyafzal taʼmirlaş ustaxonasiga kirdim. Keksa usta Matkarim bobo Yoqubov bir pasda taʼmirlab berdilar. Boboga bozor darvozasi oldida yalang oyoq qolgan qizaloq haqida gapirib berdim.
Aslida bunday mayda-çuyda işlarni har kim özi bajargani yaxşi, -dedilar usta bobo. – Yoşim 88 da, esimni taniganimdan beri şu hunarning barakasidan rözğor tebratib kelayapman. Hozirgi oyoq kiyimlarining köpçiligi sifatsiz. Köçaga bir marta kiyib çiqilsa, tagi oçilib qoladi. Odamni xijolat qiladi-da bu holat. Poyafzallarni qayta-qayta taʼmirlatişadi odamlar.
“Matkarim mahsidöz”, -desalar tumanimizda juda köpçilik taniydigan bu hunarmand boboning farzandlari ota hunarini eʼzozlab kelişadi. Ustoz-şogird anʼanasi asosida avval öğli Soatboy Yoqubov, söngra nevarasi Xuşnudjon ham boboning hunarini qunt bilan örganişdi. Ular nafaqat poyafzal taʼmirlaş, balki terini oşlaş, oşlanib, silliqlangan teridan maxsus qoliplar yordamida mahsi tikiş sirlarini örganişdi. Matkarim bobo esa 60 yillik umr yöldoşi Jumagul momo bilan farzandlariga kömakdoş va maslahatgöy.
Şukur, – deydi Matkarim bobo mamnuniyat bilan, – şu hunar tufayli birimiz ikki böldi, davronli töylar qildim, hovli-joylarimizni butladim. Heç narsaga zor bölganimiz yöq. Birovning qöliga qarab qolmadik.
“Matkarim mahsidöz” bobo hamon öz hunari bilan el-yurt xizmatida 88 yoşli bu hunarmand boboning mehnatga hamdam umriga baraka, soğlik tiladik.
Oyimjon Örozaliyeva,
Beruniy MFY, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶