BOQIY QADRIYaTLAR, GÖZAL TUTUMLAR
Qadim va köhna Turonzaminda turli millat vakillari özaro ahillikda yaşab keladilar. Özbek, qozoq, tojik, qirğiz va turkman millatlari xuddi et bilan tirnoq kabi bir-birlaridan ajralmas döst, qadrdon xalqlardir. Mahalla esa barça millat vakillari, şu jumladan qozoq millati uçun ham özaro mehr-oqibat maskani, qadriyatlar qadr topgan makon. Ayni paytda köpmillatli tumanimizda 10 ming nafardan ziyod qozoq millatiga mansub fuqarolar yaşaydi. Ularning öz dini, eʼtiqodlarini emin-erkin amalga oşirişlari, farzandlari öz ona tillarida taʼlim-tarbiya olişlari, urf-odat va anʼanalariga amal qilişlari uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan.
– Özbek oilalari bilan hovli-boğimiz tutaş şaroitda tuğilib-ösganman, -deydi Qoraqalpoğiston Respublikasi Qozoq milliy madaniyati markazi tuman bölimi raxbari Ozod oğa Almuradov. – Heç bir masalada “seniki - meniki” degan tuşunça bölmagan. Bu yoğini sörasangiz, ikki nafar qizim özbek oilalariga kelin bölişgan.
Amudaryo tumanida bunday oilalar juda köp. Qozoq töy marosimlaridagi “bet oçar”, “kafgir kuydi”, “rapida kuydi”, “kelin salom” kabi marosim va urf-odatlar har bir özbek oilasi uçun ham qiziqarli va qadrli. Ayniqsa, qozoq kelinlarining “qara şay”, yaʼni sutli qora çoy damlaş marosimlari juda zavqli bölib, bu marosim orqali mahalla kayvonilari yangi kelinning epçilligi, pazandaligi-yu odamgarçiligi hamda saranjon-sariştaligiga baho beradilar. Şuning uçun qozoq oilalarida qizlar juda yoşliklaridan oila tutumlari va qadriyatlari asosida tarbiyalanadilar.
Hayit va bayramlarda qozoq oilalarida sergöşt töğrama, kurtuk, beş barmoq, göştli patrak, çalpak, paşmak kabi taomlar tayyorlaşadi. Bu taomlar şunçaki tayyorlanmaydi, balki bekalar bunga alohida mehr va eʼtibor bilan qaraşadi. Yaxşi pişib yetilgan taomlar mehr va şukronalik ramzi sifatida qöşnilarga tarqatiladi. Bunday udumga hayit kunlarida qatʼiy amal qiladilar. “Bir tovoq oşda qirq qöşnining haqi bor”, degan qozoq xalq hikmatining maʼnosi ham şunda.
Bundan taşqari, azador oilalarga alohida mehr va eʼtibor körsatiş qozoq xalqi uçun azaliy odatlardan sanaladi. Musibat yetgan xonadonga uç, baʼzan yetti kungaça quvvatbaxş taomlar pişirib kiritilişi, zarur paytlarda motamzada insonlarning oğirini yengillatişga harakat qiliş bobomeros qadriyatlardan hisoblanadi.
Aksariyat qozoq oilalarida qozoq xalqining milliy çolğusi – dömbira va qöbiz juda qadrlanadi. Çunki, yoşlar qozoq milliy sozlaridan birini albatta çalib bilişi kerak, deb hisoblanadi.
– Qozoq kuylarining, qozoq folklorining sehrini tuyib ösgan farzandlar nafaqat sanʼatsevar, balki elsevar, Vatanparvar, mard va jasur insonlar bölib ulğayişadi, -deydi “Bözyop” aholi dam oliş va madaniyat markazi rahbari Madina Kenjaqorayeva. – Şuning uçun markazimizda özbek va qozoq kuylari, mumtoz musiqalarini yoşlarimiz jon-jon deb örganişadi. Ayniqsa, ovulimizning, qozoq millatiga mansub yoşlari hozirjavoblikda, ölanlar, termalar, hatto dostonlar kuylaşda juda mohir.
Qozoq oilalarida mehmonning izzati juda bölakça. Xonadonga kelgan mehmon – qönoq alohida mehr bilan kutib olinadi va eʼtibor körsatiladi. Hatto mehmonga xizmat körsatayotgan oila aʼzolari mehmonning hurmati uçun uning huzuriga har gal kirib kelganlarida tavozʼe bilan salom berişadi va honadan çiqişda orqaga tisarilib çiqib ketadilar, heç qaçon mehmon oldidan yuzini orqaga ögirib çiqmaydilar. Ana şu odatga amal qilmasa, mehmonga hurmatsizlik hisoblanadi.
Oilada nevara, çevaralar tuğilişi alohida nişonlanadi. Bobo va buvi bölgan xonadon kattalari çaqaloqning bir qölidan bol(asal), bir qölidan sariyoğ yalaydilar. Maʼnosi – şu tuğilgan gödakning rizq-nasibasi uluğ, qöli-köngli oçiq bölsin, deganidir. Qozoq oilalarida qizğançiqlik, baxillik juda yomon odat sifatida qoralanadi va farzandlariga hatto onalar alla aytganlarida ham:
Aynanayin bavurim,
Mening metin yovurim(yağrinim demoqçi).
Sözi ötkir sarbon böl,
Dunyo kezar karvon böl.
Alla bolam, alla-yo.
deb mardlikka, jasoratga, elparvar katxudolarday ulğayişga çorlaşadi bolalarni.
Bir söz bilan aytganda, Amudaryo tumanida yaşovçi qozoq millatiga mansub fuqarolar öz orzulari, urf-odat va anʼnalarini yanada boyitib, yangi avlodlar qalbiga singdirişda boşqa millat vakillari bilan tinç-totuvlik, mehr-oqibat va birodarlik riştalari bilan mustahkam boğlanganlarki, bu riştalar boqiy qadriyatlar kabi mangudir.
Robiya Yöldoşeva.
Foto. Uza.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶