YaNGI MARKAZ IŞ BOŞLADI










Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 5325-sonli Farmonida xotin-qizlarning jamiyat rivoji yölidagi faolligini qöllab-quvvatlaş, özligini namoyon eta olişiga şaroitlar yaratiş orqali ijtimoiy faolligini oşiriş lozimligi, şuningdek, hududlarda yordamga muhtoj bölgan, oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlarga manzilli yordam körsatiş çoralari belgilangan. Şunga muvofiq Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi tomonidan mamlakatimizning barça tumanlarida “Ayollar ijtimoiy moslaşuv maslahat markazi” taşkil etilişi rejalaştirildi.
Şu yilning 16-iyun kuni rejaga muvofiq tuman hokimligi binosiga yaqin, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va Xalq qabulxonasi joylaşgan binoda “Ayollar ijtimoiy moslaşuv maslahat markazi”ning oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Mukarram Nurmatova, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Zuhra Ibragimova, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokimlik masʼul xodimlari, bir qator hamkor taşkilotlar rahbarlari, xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassislar, hoji onalar, “Qaynonalar kengaşi” raislari iştirok etdilar va markazning samarali faoliyat yuritişi uçun ajratilgan xonalardagi yaratilgan şaroitlar, jihozlanişi bilan tanişdilar.
Taşkil etilgan uşbu markazning asosiy vazifalari oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan ayollarni meʼyoriy hayotga qaytariş, ularga va ularning farzandlariga ijtimoiy-psixologik, tibbiy va huquqiy yordam körsatiş, ertangi kunga umid, işonç bilan qaraşga moslaştirişdir. Jazoni ijro etiş muassasalaridan qaytgan yoki deportatsiya bölgan, turli sabablarga köra oilasi bağriga qayta olmayotgan ayollarga yordam beriş, iş bilan taʼminlaş, soğlom hayotga qaytariş çoralarini köriş ham markazning asosiy vazifalaridir.
Markaz samarali faoliyat yuritişi uçun kerakli mutaxassislar jalb etildi.
Yangi markaz işga tuşirilişi yurtimizda ayol-qizlarga körsatilayotgan ğamxörliklarning bir körinişidir.
O. RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶