QIRMIZI DONLAR XIRMONGA TÖKILDI












Ayni kunlarda tumanimizning barça hududlaridagi buğdoyzorlar donlari pişib yetildi va yiğiştirib oliş mavsumi keçayotir.
“Oq oltin” ovulida qişloq xöjalik ekinlarini yetiştirişga yönaltirilgan 30ta fermer xöjaliklari faoliyat yuritmoqda. Mazkur xöjaliklarda 2018-yil hosili uçun 210 gektar yerga ğalla ekilib, möl hosil yetiştiriş uçun fidoyi mehnat qilindi. Suv tanqisligi oqibatlarini yumşatiş uçun buğdoy nihollarini ilğor usullar orqali suğoriş, bargidan oziqlantiriş kabi tadbirlar amalga oşirildi. Natijada ayni kunda sariq tusga kirgan buğdoy dalalarida möl hosil bunyodga keldi.
Yetiştirilgan hosilni yiğiştirib oliş mavsumi ovulning “Suhrob – Hojiakbar” fermer xöjaligi buğdoyzorlaridan boşlandi.
Fermer xöjalikda ötgan yil kuzakda 12 gektar maydonga ğalla ekilgan edi. Mazkur maydonlardan 30 tonna hosil undirib oliş rejalaştirilgan.
Buğdoy dalasida ilk örim boşlangan 20-iyun kuni xöjalik aʼzolari uçun göyo bayram böldi. Axir halol mehnatlar evaziga yaydoq dalalar qöynida xalqimizning rizq-rözi, möl qirmizi don bunyodga kelib, xirmonga tökilib tursa, quvonmay böladimi!
Şu kuni xöjalik dalalaridan yiğiştirib olingan ilk buğdoy hosili “TaxiatoşDon” hissadorlik jamiyatining “Manğit” filialiga topşirildi.
Filialda şu kungaça tumanimizdagi 399 ta fermer xöjaliklari dalalaridan yiğiştirib olingan 2000 tonnadan ortiq buğdoy qabul qilib olindi.
M.Şomurodov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶