Sifatli, qulay va tezkor DAVLAT XIZMATLARI KÖRSATILMOQDA
Hozirgi kunda nafaqat tadbirkorlar, balki, aholiga ham eng zarur va talab yuqori bölgan davlat xizmatlarini “Yagona darça” tamoyili asosida körsatiş yölga qöyilgan. Buning uçun butun mamlakatimizda bölgani kabi tuman Xalq qabulxonasi huzurida ham Davlat xizmatlari markazi taşkil qilindi.
Ayni kunda markazda talab yuqori bölgan önlab davlat xizmatlari körsatilmoqda. Endilikda “Yagona darça” tamoyili asosida köpgina davlat xizmatlarini internet tarmoği orqali ham körsatiş amaliyotining joriy etilişi davlat xizmatlaridan korruptsiya xavfisiz, tezkor foydalaniş imkonini bermoqda. Bu öz navbatida fuqarolarning kundalik hayotini jiddiy ravişda yengillaştiradi, byurokratiya va sansalorlik holatlarini bartaraf etadi.
Joriy yilning 1-aprelidan boşlab kiçkintoylarni maktabgaça taʼlim muassasalariga qabul qiliş masalasi ham Davlat xizmatlari markazlari orqali hal etilmoqda. Bunda nogironligi bölgan şaxslarning farzandlari, uç nafar yoki undan köp farzandlari bor oilalarning, harbiy xizmatçilarning va huquqni muhofaza qiliş idoralari xodimlarining farzandlari, yetim yoki ota-ona qarovisiz qolgan, boşqa MTMlardan ötkazilgan bolalar MTMlarga imtiyozli ravişda qabul qilinadi.
Endilikda haydovçilik guvohnomalari ham Davlat xizmatlari markazlari orqali beriladigan böldi.
Avval faqat tadbirkorlik subʼektlariga xizmat körsatgan “Yagona darça” markazi bazasida taşkil etilgan Davlat xizmatlari markazi joriy yilning 1-apreliga qadar 37 turdagi xizmatlarni körsatgan bölsa, hozir bu 13 taga köpayib, 50 taga yetdi. Yil oxirigaça esa körsatiladigan xizmatlar sonini 87 taga yetkaziş möljallanmoqda.
Tumanimiz aholisiga sifatli, qulay davlat xizmatlari körsatiş bizning asosiy maqsadimizdir.
Nazokat Madiyorova, tuman Davlat
xizmatlari markazi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶