Maktablarni yangi öquv yiliga tayyorlaş böyiça “Namunali maktab” körgazmasi ötkazildi
Ayni kunlarda taʼlim muassasalarida yangi öquv yiliga tayyorgarlik işlari qizğin davom etmoqda. Öquv binolari taʼmirlanib, maktab hududi obodonlaştirilişidan taşqari, öquv jarayonlari uçun zarur böladigan jihoz va aşyolarni ham tayyorlab qöyişga eʼtibor qaratilmoqda.
22-iyun kuni 40-sonli umumtaʼlim maktabida yangi 2018-2019- öquv yiliga tayyorgarlik böyiça harakat dasturining ijrosi yuzasidan körgazma taşkil etildi. Tumandagi taʼlim muassasalarida yangi öquv yiliga tayyorgarlik işlarini öz vaqtida sifatli taʼminlaş hamda bu böyiça taʼlim sifatini nazorat qiliş Davlat inspektsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi va xalq taʼlimi Vazirligining tegişli topşiriqlarini ijro etiş maqsadida taşkil etilgan “Namunaviy maktab” körgazmasida tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri Otabek Yöldoşev, bölim mutaxassislari, 4-sektor hududida joylaşgan maktablar direktorlari va öqituvçilari qatnaşdilar.
Körgazmada öquv-seminar taşkil etilib, unda XTB mudiri Otabek Yöldoşev harakat dasturida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda, maktabni yangi öquv yiliga tayyorlaş borasidagi asosiy masalalarga töxtalib ötdi. Öquv binolarini taʼmirlaş va maktabni obodonlaştiriş bilan birga sinf xonalarini zarur jihozlar bilan taʼminlaş, darsliklarni, öqituvçilarning uslubiy qöllanmalarini tayyorlaş, öquv jarayonlarining pedagogik va metodik taʼminotini yaxşilaş, axborot-kommunikatsion texnikalardan samarali foydalanişni yölga qöyiş zarurligini aytib ötdi.
Öquv-seminar davomida kimyo, biologiya, fizika va informatika fanlari böyiça maktab fan öqituvçilari tomonidan tayyorlangan laboratoriya maşğulotlarida zarur jihozlardan foydalaniş böyiça taqdimotlar ötkazildi. Şuningdek, öquv yiliga tayyor qilingan fan va sinf xonalari, maktab kutubxonasi holati bilan tanişildi.
Körgazma iştirokçilari yangi öquv yiliga tayyorgarlik yuzasidan mulohazalarini bildirib, tegişli takliflar kiritdilar va öz örnida namuna ham oldilar.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶