Akademik litseyda bitiruvçilarga diplom topşirildi
Şu kunlarda örta maxsus kasb-hunar taʼlim muassasalari va akademik litseylarning bitiruvçi guruhlari öquvçilariga öquv muassasalarining bitiruv malakaviy diplomlari topşirila boşlandi. Öquv muassasalarda şu munosabat bilan tadbir ötkazilib, bitiruvçi öquvçilarga diplomlar taqdim etilmoqda.
22-iyun kuni tumanimizdagi Amudaryo akademik litseyida ham bitiruvçi öquvçilarga diplom topşiriş munosabati bilan “Parvoz-2018” tadbiri ötkazildi. Tadbirda tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri Otabek Yöldoşev, Manğit Iqtisodiyot kolleji direktori Zafar Otamurodov, Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi raisi Mahmud Şermetov , akademik litsey direktori Ğulom Duysenboyev va boşqalar, litsey öquvçilari, ota-onalar iştirok etdilar.
Tadbirda sözga çiqqan Ğulom Duysenboyev, Otabek Yöldoşevlar litseyda ijtimoiy gumanitar, aniq va tabiiy fanlar, xorijiy filologiya yönalişlari böyiça 8 guruhda tahsil olgan 227 nafar yangi hayot ostonasida turgan bitiruvçi öquvçilarni diplomga ega bölganligi bilan tabriklab, ularga kelgusida ham doim omad va muvaffaqiyat yor bölişini tiladilar. Şuningdek, öquvçilar va ota-onalar ham taʼlim bergan ustozlarga öz minnatdorçiliklarini bildirdilar. Şundan söng, bitiruvçilarga diplom topşiriş marosimi ötkazildi.
Tadbirga Xorazm viloyatidan taşrif buyurgan sanʼatkor Umidbek Sapayev ijrosidagi qöşiqlar va tuian Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur yanada fayz kiritdi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶