XALQ HAYoTINING HAQIQIY KÖZGUSI
Kompyuter texnologiyalari qançalik rivojlanmasin, axborot, ijod, tarbiya borasida gazeta öz ahamiyatini zarraça yöqotmaydi va şunday bölib qoladi! Agar gazeta öz ahamiyatini yöqotdi, deguvçilar bölsa, bu yangliş va şoşilinç tasavvur, xolos.
Tumanimiz gazetasi şonli yölni bosib ötdi. Unda faoliyat yuritgan qança-qança aziz insonlarning xizmatlari risolalarda qayd etildi va şaraflandi. Arziydi! Prezidentimiz dangal aytdilar-ku: “ijod ahlining mehnatiga loyiq baho bermovçilar ikki varaq bir narsa yozib körsinlar-çi!”
Tuman gazetasining şakl va mazmun jihatdan ham yetuk naşr ekanligidan faxrlansak arziydi. Gazeta sahifalarida xalq hayotining barça sohasi, davlatimiz tomonidan amalga oşirilayotgan ezgu işlar, çuqur islohotlar faol yoritilmoqda.
Faol muxbirlarning maqola-xabarnomalari, Robiya Yöldoşevaning şeʼriy va publitsistik tahlillari, Oygul Rajabovaning mulohazalarga boy puxta maqolalari, Qodirbergan hoji Jumamurod öğli kabi ziyolilarning ilmiy manbalarga asoslangan maʼrifiy çiqişlari gazetxonni befarq qoldirmaydi, öqişliligini, obrösini oşiradi. Öspirinlar, yoşlar qalb qöridan tökilgan ijod çeçaklarini bu nufuzli gazeta sahifalarida körib özlari ham quvonadi, ilhomlanadi, gazetxonni ham quvontiradi. “Mening oilam”ning har bir sonini tumanimiz ahli orziqib kutişining boisi ham şunda. Tahririyat qoşida taşkil etilgan “Jayxun ilhomlari” NNT aʼzolarining faoliyati ham jamoatçilik tomonidan iliq kutib olinmoqda.
“Taraqqiyot közgusi” tumanimizning közgusi, xalqimizning Sözi, Yuzi, Közi, Quloği va Irodasidir. Demak, bu gazetaga munosabat – uning yanada mazmunli, yanada faol, yanada çiroyli, öqişli bölişida va saviyasining yuksalişida muhim ahamiyat kasb etadi. Xöş, gazeta nufuzini oşiriş uçun nima qiliş kerak? Bu borada ayrim mulohaza va baʼzi takliflarimni keng gazetxonlar bilan baham körsam, degan niIjod – aqliy mehnatdir. Har bir mehnat, albatta, moddiy baholanişi, yaʼni– mehnat haqi berilişi kerak. Gazeta tumanimiz moddiy va maʼnaviy boyligining bir bölagi ekan, byudjet taşkilotlari qatorida ozgina mablağ ajratilsa, maqsadga muvofiq bölardi. Ana şunda mualliflarga ozmi-köpmi gonorar – qalam haqi berilgan bölardi!
Faol muxbirlar saviyasini yanada oşiriş uçun seminarlar ötkazib turiş kerak. Eng faol, saviyasi yuksak ijodiy asarlar va maqolalar mualliflarini yil yakunida rağbatlantiriş zarur. Muxbirlar köpaysa, fikrlar xilma-xilligi, rang-barangligi ortadi. Muştariylar soni oşadi!
Tanqid! Tan oliş kerak-ki, hozirgi zamonda tanqid oqsadi. Tanqidga munosabatni yangilaş lozim. Avvallari rahbar xodim tanqid qilinsa, işdan olinardi, partiyadan öçirilardi yoki qamalardi. Yoki aksinça, tanqid qiluvçi tazyiqqa olinardi. Xullas, tanqid – ulkan yov edi. Xöş, tanqid qanday bölişi lozim? Eng avvalo xolislik bölişi lozim, şaxsiy kek va ğaraz emas, balki jamiyat va aynan şu tanqid qilinayotgan obʼekt yoki subʼekt manfaatiga xizmat qilişi kerak, kamçilikni tuzatiş yöllari körsatilişi şart. Darrov jazoga ötavermay, kamçilik va nuqsonlarni bartaraf qiliş uçun imkon berilişi kerak. Aks holda gujumlarga tuşgan burovqurtni yöqotiş örniga gujumlarning özini yöqotganimizdek, xato böladi!
“Amu TV”ning haftalik dasturi berib borilsa, köngiloçar sahifalar taşkil etilsa, yaʼni qiziqarli maʼlumotlar, loyihalar amalga oşirilsa, deymiz.
Din – tarbiyaviy masalada qudratli quroldir. Tumanimizda yetuk bilimli mutaxassislar bor. Ular gazeta sahifalarida, telekörsatuvlarda ibratli rivoyatlar, ögitlar bilan faol iştirok etsalar, ayni muddao bölardi.
Öylaymanki, yuqoridagi takliflar inobatga olinsa, tuman matbuotining obrösi yanada oşardi.
Gazetamizning mazmunli, körkli çiqişida xizmat qilayotgan xodimlarni anʼanaviy kasb bayramlari bilan tabriklab, ijodiy muvaffaqiyatlar tilayman. Gazetamiz hamişa yoş ijodkor avlod uçun ustoz-murabbiy, xalqimiz hayotining, turmuş taraqqiyotining haqiqiy tiniq közgusi bölib xizmat qilişiga tilakdoşman.
Tursunboy ABDULLAYeV, faxriy öqituvçi.yatdaman.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶