“IBRATLI OILA” KÖRIK-TANLOVINING TUMAN BOSQIÇI BÖLIB ÖTDI.
Şu yilning 21-iyunida tuman Madaniyat bölimi tomoşalar zalida oila institutini mustahkamlaş, “Soğlom oila – soğlom jamiyat” kontseptual ğoyasini hayotga tatbiq etişga yönaltirilgan yagona davlat siyosatini olib boriş, oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanişi, uning farovonligi va xotirjamligini oşiriş, oilaning içki munosabatlari, yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş, oilaviy ajrimlarning oldini oliş, umuminsoniy va milliy oilaviy qadryatlarni, er-xotin, ota-ona va farzandlar örtasidagi munosabatlarni yaxşilaş, mamlakatimizda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qiliş, “bir bolaga yetti qöşni ham ota, ham ona” degan insonparvar tamoilni oilalarning turmuş tarziga çuqur singdiriş, oila quriş arafasidagi yigit-qizlarda oilani muqaddas biliş tuyğusini, oila va farzand tarbiyasiga masʼuliyatini oşiriş maqsadida ötkazilgan “Ibratli oila” respublika körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi.
Körik-tanlovda mahalla va hududlar bosqiçlarida ğolib bölgan 6 ta oila 4 ta şart böyiça bellaşdilar.
Mazkur bosqiçda Xolimbeg ovulidan Ziyodboy Tangirberganov va Xonimjon Örozboyevalar, Yangiobod mahallasidan Maxsud Jumanov va Ziyoda Xalillayevalar, Tölqin ovulidan Şukurullo Eşçonov va Robiğa Boboniyozovalar, Namuna mahallasidan Şukurboy Oyimbetov va Raya Soliyevalar, Gulzor mahallasidan Abdulla Xöjametov va Sarabibi Ollanazarovalar, Daryoböyi mahallasidan Pölat Qurboniyozov va Gulpoşşa Yerdaşevalar oilalari iştirok etdilar.
Dastlab işçi guruh aʼzolari tanlov iştirokçilariga qöyilgan talablar asosida joyiga çiqib, örganib, qanday baholar bilan baholaşganini eʼlon qilişdi.
Ikkinçi şartda esa “Bu mening oilam” mavzusida har bir oila öz oilasi hayotini aks ettiruvçi videorolik namoyiş etdilar. “Oila – muqaddas qörğon” mavzusidagi viktorina savollariga berilgan javoblar, “Oila mustahkamligi – yurt tinçligi” mavzusidagi sahna körinişni haqqoniy baholab bergan hakamlar hayʼati Tangirberganov Ziyodboy va Xonimjon Örozboyevalar oilasini ğolib deb topdilar. Abdulla Xöjametov va Sarabibi Ollanazarovalar oilasi ikkinçi, Pölat Qurboniyozov va Gulpoşşa Yerdaşevalar uçunçi örinlarni egalladilar.
Körik-tanlov ğolibi bölgan oila navbatdagi – Respublika bosqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritdi.
O. Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶