QURBONLIK FAZILATI
Musulmonlarning eng möʼtabar bayramlaridan biri Qurbon hayiti Zulhijja oyining 10-kuni nişonlanadi. Iydi Qurbon Haj ibodatlari tamom bölgani munosabati ila va Allohning yölida qurbonlik qilişga tayyorlikni izhor qilişlik uçun şariatga kiritilgan bayram hisoblanadi.
Hayit bayramlari qadimdan yurtimizda özgaça, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bağrikenglik va sahovat ifodasi bölib kelgan. Şu yil 8-oktyabr kuni Prezidentimizning Qurbon hayitini nişonlaş töğrisidagi qarori eʼlon qilindi. Unda hayit bayramining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy va diniy qadriyatlariga mos ravişda ötişi uçun tegişli tadbirlarni amalga oşirişga qator mutasaddi taşkilotlar jalb qilindi. Bularning barçasi davlatimiz tomonidan yurtimiz musulmonlariga körsatilayotgan eʼtibor namunasidir.
Qurbonlik qiliş zakot, fitr sadaqasi kabi moliyaviy ibodat bölib, u Qurʼoni karim, hadisi şarif bilan sobitdir. Qurbonlik qiliş boşqa ibodatlar kabi Alloh uçun deyilsa-da, aslida foydani inson köradi. Qurbonlik qilingan hayvonning göştidan söygan odamning özi va faqir-fuqarolar manfaatdor böladi. Alloh taolo esa insonning qalbidagi niyatiga köra muomala qiladi. Haqiqatan, qurbonlikka söyilgan hayvonlarning göştlariga ham, qonlariga ham Alloh muhtoj emas. Qurbonlik qilişdan maqsad - bandaning Yaratuvçi amriga itoatini va taqvosini namoyon etişdir. Banda ixlos bilan qurbonlik qilib, Alloh yölida jonlik söymoqdami, demak öşa bandaning Alloh taologa taqvosi bor ekan. Allohning rizoligi uçun borini qurbon qilişga tayyor ekan.
Qurbonlik qiliş qonun-qoidalari va odoblari haqida köplab fiqx kitoblarida batafsil maʼlumotlar berilgan. Qurbonlik söyiş hayit namozini öqib bölgaç boşlanadi. Şariatimiz körsatmasiga binoan qurbonlik qiliş zakot nisobiga qodir kişilargagina vojib, deb bayon qilingan (bu yilgi zakot nisobi 8 000 000 (sakkiz million) söm deb belgilangan. Agar biror kimsa qurbonlik söyiş vaqtigaça mazkur pul mablağiga ega bölsa, unga qurbonlik söyiş vojib böladi. Qurbonlikning avvali hayit namozi ado etilganidan söng söyiladi. Uning oxirgi vaqti esa hayitning uçinçi kuni asr vaqtigaça.
Qurbonlikka qöy, eçki, tuya, qora mol kabi hayvonlarning erkagi ham urğoçisi ham söyilişi mumkin. Bulardan tuya 5 yoş, qora mol 2 yoş, qöy va eçki esa 1 yoşga tölgan bölişi kerak. Mol va tuyani 7 kişi nomidan söyilişiga şariatimizda körsatmalar bor. Qurbonlik söyişi vojib bölgan kişi qurbonlikni vaqtida söymasa, keyin uning qiymatini sadaqa qilişi vojib. Söyilgan qurbonlikning uçdan birini sadaqa qiliş, uçdan birini yediriş, uçdan birini keyin yeyiş uçun olib qöyiş mustaxabdir. Serfarzand bölsa, hammasini oilada öz farzandlari uçun olib qöyiş afzal.
Mana Qurbon hayiti ham kirib keldi. Odatda hayit kunida hamma bir-birini uluğ kun bilan samimiy muborakbod etadi. Hayit namozini ado etgandan söng birinçi örinda bizlarning dunyoga kelişimizga sababçi bölgan ota-onalarimizni, ulardan keyin qarindoş-uruğlarimizni, yoru-birodarlarimizni, bemorlarni borib ziyorat etamiz. Ularning könglini söraş va kötarişga harakat qilamiz. Ayrim sabablar bilan özaro arazlaşgan gina-kuduratli kişilar ham bir-birlarini muborak bayram kunida keçirib, özaro uzrlar aytib, bir-birlariga quçoq oçadilar. Bu kun barçaga quvonç ulaşadigan kundir.
Alloh taolo barçalarimizni özining rizoligi yölida xolis niyatlar bilan qilayotgan qurbonliklarimizni, ibodatlarimizni dargohida husni maqbul aylab, muborak haj safariga yurtimizdan borgan barça hojilarimizning haj ibodatlarini mukammal ado etib, Vatanimizga soğ-salomat kelişlarini muvaffaq aylasin.
A.Matsapoyev,
"Yusuf eşon bobo” jomeʼ masjidi imom xatibi.
(Foto - http://religions.uz)
2013-yil

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶