Amudaryo tumanida davlatga ğalla topşiriş böyiça şartnomaviy reja ortiği bilan bajarildi
Mamlakatimizda qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar xalq farovonligining yuksalişiga xizmat qilayapti. Ayniqsa, boşoqli don ekinlarini yetiştirişga qaratilayotgan eʼtibor das-turxonimiz tökinligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy yil hosili uçun tumanimizda 399 ta fermer xöjaliklarining 3 ming gektar maydoniga ğalla ekilib, agrotexnika qoidalari asosida parvariş qilindi.
Buğdoy maysalarini kuz-qiş mavsumida suğoriş va oziqlantiriş işlariga katta eʼtibor berildi. Qolaversa, yonilği-moylaş materiallari, mineral öğit kabi moddiy resurslar öz vaqtida dala boşiga yetkazib berilib, zararkunanda va kasalliklardan himoya qilişga katta eʼtibor qaratildi.
Natijada fermer xöjaliklarimiz dalalarida möl hosil yetiştirildi.
Mavsum boşidan 14 ta örim-yiğim otryadlarida yuqori surʼatda iş taşkil qilindi.
26-iyun kuni tumanimiz ğallakorlari davlat şartnomaviy rejalarini Qoraqalpoğistonda birinçilardan bölib bajardilar. Yalpi hosil xirmoni 12,6 ming tonnadan, ğalla yetiştirişdan olingan daromad esa 4 mlrd. 147 mln. sömdan oşdi. Yetiştirilgan hosilning 6 ming 83 tonnasi davlat xazinasiga topşirildi, qolgan qismi esa fermerlar va xöjalik işçilari oilasi ixtiyorida qoldi. 180 ta fermer xöjaliklarimiz 60-65 tsentnerdan hosil olişga erişdilar.
Ğallakorlarimiz böşagan dalalarga takroriy ekinlar ekib, şu orqali ham el-yurt dasturxoni tökin bölişiga hissa qöşişni niyat qilganlar. Pok niyatli mirişkor dehqonlarimizni mehnatdagi yutuqlari bilan tabriklab, işlariga omad tilaymiz! Xirmoningizga baraka, aziz ğallakorlar!
Anvar YÖLDOŞEV,
tuman hokimi örinbosari,
Qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶