YoŞLAR BAYRAM KEÇASIDA KÖNGILLI HORDIQ ÇIQARIB, MAʼNAVIY OZUQA OLDI



Mamlakatimiz Prezidenti Ş.Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoşlarga oid davlat siyosati samaradorligini oşiriş va Özbekiston yoşlar ittifoqi faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi Farmoniga asosan 30-iyun – Yoşlar kuni sifatida belgilangan.
Bir neça kundirki, Amudaryo tumanida ham ittifoq taşkil etilganligining bir yilligini munosib nişonlaş maqsadida qator maʼnaviy-maʼrifiy, sport tadbirlari bölib ötmoqda.
28-iyun kuni tuman Madaniyat bölimi tomoşalar zalida Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi, tuman Madaniyat bölimi hamkorligida “Barça yoşlar eʼtibor markazimizda” deb nomlangan bayram keçasi ötkazildi.
Tadbirga tumanimizning barça hududlaridan 170 nafardan ziyod yoşlar qamrab olindi.
Yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ularni tumanimizda voyaga yetayotgan, sanʼat olamiga dadil kirib kelayotgan yoş sanʼatkorlar ijodi bilan yaqindan taniştiriş va umidli xonanda Ikromjon Seytimov dilrabo qöşiqlaridan bahramand qiliş maqsadida ötkazilgan tadbirda iştirokçilar tumanimizda faoliyat körsatayotgan 9- va 21-sonli musiqa maktablari iqtidorli öquvçilari, “Jayxun” quvnoqlar va zukkolar jamoasining har bir çiqişini maroq bilan tomoşa qildilar, tengdoş yoşlarning ijodi bilan tanişib, yuqori baho berdilar. Ayniqsa, “Jayxun” QVZ jamoasi namoyiş etgan yoşlar hayotiga oid kuçli yumorga boy lavhalar barçada çuqur taassurotlar qoldirdi.
Sanʼat ixlosmandlarini özi sozi, ovozi bilan xuşnud etib kelayotgan Ikromjon Siytimov ijro etgan qöşiqlar ham barçaga birday manzur böldi.
Sanʼat ham tarbiya vositasi. Yoşlar kuni taşkil etilganligining bir yilligi munosabati bilan ötkazilgan “Barça yoşlar eʼtibor markazimizda” deya nomlangan bayram keçasida ijro etilgan har bir qöşiq, sahna körinişlari ham iştirokçi yoşlar uçun maʼnaviyat darsi böldi, desak adaşmaymiz.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶