"Yoşlar sayli" ötkazildi
30-iyun – Yoşlar kuni tumanimizda munosib tarzda nişonlandi. Sana munosabati bilan yuguriş böyiça marafon, velomarafon ötkazildi, mehr-muruvvatga muhtoj, kam taʼminlangan oilalar farzandlari moddiy va maʼnaviy rağbatlantirildi, “Hokim va yoşlar” uçraşuvida tumanimizning turli hududlarida istiqomat qiluvçi faol yoşlarning tuman hokimi bilan uçraşuvi ötkazildi.
Şuningdek bölib ötgan iqtidorli yoşlar iştirokida kontsertlar, turli sport musobaqalaridan iborat 14 ta tadbir ham yoşlarga haqiqiy bayramona kayfiyatini ulaşdi, köngillariga yurt taqdiriga daxldorlik hissini joyladi, yoşlik ğayrat-şijoati bilan şu aziz Vatanimiz ravnaqi yölida birlaşiş, mehnat qiliş iştiyoqini kuçaytirdi.
Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi Maʼnaviyat markazi tuman bölimi hamkorligida “Yoşlar sayli” tadbiri doirasida ötkazilgan kitobxonlikka oid viktorina, kitoblar körgazmasi va tumanimiz yoşlari ijodiga mansub yangi naşrdan çiqqan kitoblar taqdimoti ham yoşlarning diqqat-eʼtiborini öziga tortdi.
Özbek adabiyoti namoyandalari, ular yaratgan durdona asarlarga oid savol-javoblarda 1000 nafardan ortiq yoşlar öz bilimlarini sinab kördilar. Berilgan savollarga batafsil javob bergan yoşlarga 120 tadan ziyod kitoblar sovğa tariqasida tarqatildi.
Kitoblar körgazmasi, yoş ijodkorlarning yangi asarlari körgazmasi 4-marta ötkazildi va mingdan ziyod yoşlarni qamrab oldi.
Bölib ötgan tadbirlar yoşlarda çuqur taassurotlar qoldirdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶