Tuman Davlat xizmatlari markazi: 459 nafar tadbirkorlik subʼektlari davlat röyxatidan ötkazildi, 4265 ta davlat xizmatlari körsatildi
Aholiga va tadbirkorlarga qulay, tezkorlik bilan talab yuqori bölgan davlat xizmatlarini körsatiş maqsadida tumanimizda yil boşida davlat xizmatlari markazi iş boşlagan edi. Bundan közlangan maqsad xalqimizning oğirini yengil qiliş, fuqarolar va davlat örtasidagi munosabatlarda qulaylik yaratiş, şaffoflikni taʼminlaşdir.
2018-yilning yanvaridan tumanimizda ham davlat xizmatlari markazi faoliyati taşkil etildi.
Hozirgi kunga kelib, markaz tomonidan 50 turdagi davlat xizmatlari tezkorlik bilan körsatilmoqda. Bu yurtdoşlarimizning idorama-idora ovora bölib yurişlariga çek qöyib, vaqtini tejaşiga ham yordam bermoqda.
Yuridik va jismoniy şaxslarning davlat xizmatlari markazi orqali foydalanişi mumkin bölgan xizmat turlari haqida aholini xabardor qiliş, davlat xizmatlari markazi xizmatlaridan foydalaniş madaniyatini oşiriş maqsadida tumanimizning barça hududlarida tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilmoqda. Bundan taşqari aholi bilan muloqotlarda fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalaniş jarayonida duç keladigan qiyinçiliklari, davlat xizmatlari markazlarining aholi turmuş darajasini oşirişdagi örni va ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalari, sohani yanada takomillaştiriş böyiça takliflari ham tinglanib kelinmoqda.
Tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning ötgan olti oyi davomida 459 nafar tadbirkorlik subʼektlari davlat röyxatidan ötkazildi. Jami 4265 ta davlat xizmatlari körsatildi. Şu jumladan yuridik şaxslarga körsatilgan xizmatlar soni 437 ta, jismoniy şaxslarga körsatilgan davlat xizmatlari esa 3828 tani taşkil etdi.
Endilikda farzandlar uçun tuğilganlik haqidagi guvohnomalarni oliş, nikohini qayd qildiriş, bolalarni maktabgaça taʼlim muassasalariga joylaştiriş, hujjatlarni rasmiylaştiriş, tegişli tölovlarni amalga oşiriş ham davlat xizmatlari markazi orqali amalga oşiriladi.
Bizning maqsadimiz aholiga tezkor, sifatli va qulay xizmatlar körsatişdir.
Mansur SODIQOV, Amudaryo tumani davlat xizmatlari markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶