Özboşimçalik bilan qurilgan turar joylarga mulk huquqini eʼtirof etişning amalga oşirilişi.
Fuqarolarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar hamda özboşimçalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aktsiyasini ötkaziş töğrisida 2018-yil 20-aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5421-son farmoniga asosan uy-joyga ega böliş va qurişning qonuniy mexanizmlari mavjud bölişiga qaramasdan minglab fuqarolar köp yillar davomida özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalarida yakka tartibda uy-joylarni noqonuniy barpo etişgan. Bunday holatlarning yuz berişiga yöl qöymaslik yuzasidan.
Natijada, uşbu muammo butun respublika böyiça ommaviy tus oldi va uy-joy uçun zarur hujjatlarning mavjud emasligi aholida boşqa ijtimoiy muammolarning kelib çiqişiga, xususan haqiqatda yaşab turgan joyga propiska qilinişi, mulk huquqiga ega böliş va uni amalga oşiriş imkoniyati mavjud emasligiga olib keldi.
Fuqarolarning uy-joy mulkiga kadastr hujjatlarini berişni sörab Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 5 mingdan ortiq, deputatlar, senatorlar, davlat hokimiyati organlari mansabdor şaxslari tomonidan ötkazilgan sayyor qabullarda — 3 mingdan ziyod murojaatlari kelib tuşgan.
Mazkur Farmon qabul qilingan vaqtga kadar quriliş maqsadlari uçun ajratilmagan yer uçastkalarida yoki imorat quriş uçun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga nisbatan mulk huquqi uşbu obʼektga öz şaxsiy mulki kabi halol, oşkora va uzluksiz egalik qilayotgan şaxsga uşbu yer uçastkasi unga qonun hujjatlariga muvofiq turar joy quriş uçun ajratilişi mumkin bölmagan yer maydonida joylaşmagan bölsa özboşimçalik bilan qurilgan imorat şaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmayotgan bölsa, şuningdek, uning saqlab qolinişi boşqa şaxslarning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va soğliğiga xavf tuğdirmasa eʼtirof etiladi. Özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilmaydigan aniq holatlar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan taşkil etiladigan Köçmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etiş işlarini taşkil etiş böyiça komissiyaning taqdimnomasiga köra tuman (şahar) hokimining qarori bilan, umumiy mulk haqidagi fuqarolik va oila töğrisidagi qonun hujjatlarining qoidalariga amal qiliş şarti bilan, eng kam iş haqining beş baravari miqdorida bir martalik yiğim tölangandan keyin amalga oşiriladi, özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etişda mulkdorga u qurilgan yer uçastkasiga qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi berilib, ortiqça qismi Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan jarima solinmasdan zaxira yerlariga olib qöyiladi.
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi
bölim boşliği Saidov Botir Baxtiyaroviç

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶