Abituriyentlarga Toşkent davlat yuridik universitetiga xujjat topşiriş tez, oson va qulay amalga oşirilmoqda
Hozirgi kuda 2018/2019 öquv yilida Toşkent davlat yuridik universitetining bakalavriat taʼlim yönalişiga öqişga kiriş uçun xujjat topşiriş Adliya vazirligi xuzuridagi Davlat xizmatlari agentligining 201 ta tuman va şaxarlarida faoliyat olib borayotgan davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşirilmoqda.
Abituriyentlar 15-iyun kunidan 15-iyul kuniga qadar xujjatlarini topşirişlari mumkin. Davlat xizmatlari markazlarida 15-iyul kuni soat tungi 12:00 gaça xujjatlar qabul qilinadi, şu kuni baza yopiladi. Davlat xizmatlari markazlari orqali xorijiy davlat fuqarolari, fuqaroligi bölmagan şaxslardan, magistratura bosqiçiga xujjat qabul qilinmaydi.
Davlat xizmatlari markazlariga abituriyent tomonidan quyidagi xujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi:
Pasport;
Örta (11-sinf), örta-maxsus yoki kasb-hunar öquv muassasasini tugatganligi töğrisidagi xujjat (ilovasi bilan);
Imtiyozni tasdiqlovçi hujjat (agar mavjud bölsa).
Davlat xizmatlari markazlarida xujjatlarni qabul qiliş xizmatlari bepul amalga oşiriladi.
Ötgan yillarda xujjat topşiriş uçun abituriyentlarning özlari Toşkent davlat yuridik universitetiga borib topşirardi. Bu abituriyentlar uçun juda zör imkoniyat böldi deb öylaymiz. Sababi Toşkentga borib xujjat topşiriş uçun juda köp mablağ va vaqt sarflaşar edi.
Bundan taşqari I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga imtiyoz sifatida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-son qaroriga asosan Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi bölgan şaxslarni qöşimça davlat granti kvotalari asosida öqişga qabul qiliş belgalangan. Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi bölgan şaxslarni qöşimça kvota asosida öqişga qabul qiliş toifasiga umumiy örta taʼlim 11 –sinf, yoki örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi (akademik litsey va kasb-hunar kolleji)ni tugatganligi haqidagi xujjati va I va II guruh nogironligi töğrisida maʼlumotnoma xujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi. Közi ojiz abituriyentlarning özlari Toşkent davlat yuridik universitetiga borib xujjat topşirişadi.
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi
boş mutaxassisi Xudaybergenova Nafisa Kamalbayevna

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶