El dilida qolgan el sevgan hofiz
El-yurt hurmatiga sazovor bölib yaşagan insonlarni eli, xalqi heç qaçon unutmaydi. Manğitlik otaşnafas hofiz Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan artist Nazir Rahimov ana şunday eʼzozga munosib inson edilar.
Men Nazir Rahimovni bolaligimdan bilardim. Bolaligim, ösmirlik va yigitlik davrim Nazir Rahimov qöşiqlariga hamdam ötgan. Uning deyarli barça qöşiqlarini sevib tinglardim va ayrimlarini yoddan bilardim.
Esimda: otam juda sanʼatsevar inson edilar. U ikkinçi jahon uruşi yillarida maktabda öqituvçilik qilar, kolxoz işlariga qaraşar, yoz-u qiş tinim bilmay işlardi. Qişning uzun tunlarida rahmatlik otam uyimizga baxşi-yu sozandalarni çorlar, qöni-qöşni, ovul-el yiğilib uyimizda ajoyib qöşiq va kuylar, dostonlar tinglaşardi. Qöçqor baxşi ismli baxşi doston kuylasa, hamma jim tinglardi. Bir kuni ana şu Qöçqor baxşi: - Manğitda Nazir Rahimov degan yoş bir hofiz çiqibdi, şuni bir çorlasang-çi, -deb qoldilar otamga. Otam Nazir Rahimov nomini eşitib quvonib ketdilar va ertasigayoq Manğit qalʼasiga yöl oldilar.
Nazir Rahimov otam bilan birga kelgani, ovulimiz ahli iltimosini yerda qoldirmay qöşiq kuylagani hamon yodimda.
Keyinçalik men Nazir Rahimov bilan xuddi aka-ukalarday yaqin, taniş bölib qoldim. U kişining kontsertlarida aşulalarini jon quloği bilan tinglagan, hatto bitta aşulasini takror-takror kuylaşini sörab, xalq hofizni sahnadan tuşirmay qöşiq ayttirganlariga guvohman. Nazirjon aka skripkada ham, torda ham juda çiroyli, maromiga yetkazib kuylar edilar. U kişining sodiq şogirdlaridan biri, rahmatlik Saidabdullaxöjaning guvohlik berişiça, özbek anʼanaviy qöşiqçilik maktabining asosçisi Komiljon Otaniyozov va maşhur sanʼatkor Hojixon Boltayevlar, Nazir Rahimovning matnni yodlaş, kuy va qöşiq ijro etiş qobiliyatiga yuqori baho berganlar. Hatto xalq sevgan sanʼatkor, davlat mukofotlari sohibi Otajon Xudoyşukurov Nazir Rahimov sanʼatiga yuqori baho berib, tez-tez yöqlab, duolarini olib turganlar.
Sanʼatkorning qöşiqlari – uning ikkinçi umri, şogirdlari esa izdoşlaridir. Bugungi kunda Nazir Rahimov oramizda jisman bölmasa-da, ruhan tirik. U şogirdlari hamon tildan qöymay kuylayotgan qöşiqlari bilan Manğit elining töy-u marosimlarida kezib yurganday. Magnit tasmalarida xalqimiz uçun yodgor bölib qolgan “Feruz”, “Suvora” kabi mumtoz qöşiqlari, maşhur “Kiyik” qissa-qöşiği esa har bir xonadonning maʼnaviy mulkiga aylangan.
- Men qöşiqqa ixlosni, kuylaş sanʼatini, qöşiq ustida işlaşni Nazir Rahimovdan örganganman. U kişining xizmatlarini el-yurt ham, şogirdlari ham heç qaçon unutmaydi, -deydi Nazir Rahimovning şogirdlaridan biri Çorşam Yaxşimurodov.
Nazir Rahimovning nevarasi Ikromjon Siytimov esa bobosi kuylab ötgan qöşiqlarning doimiy şaydosi va mohir ijroçisidir.
Qutluğ iyd –Ramazon kunlarida Nazir Rahimovni, u kişining xalqimizga qilgan halol xizmatlarini eslab, ruhi şod, oxirati obod bölişini yaratgandan sörab qolamiz.
Tursunboy Abdullayev, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶