“YOSHLAR – KELAJAGIMIZ” DAVLAT DASTURI INTILUVÇAN, IZLANUVÇAN YoŞLARGA ISTIQBOL EŞIKLARINI OÇADI
Ayni kunda yurtimizda yoşlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilişi, ularning amalga oşirilayotgan ulkan bunyodkorlik işlarga daxldorligini oşiriş, yurt ravnaqida masʼuliyatini kuçaytiriş maqsadida ulkan işlar amalga oşirilmoqda.
Bunda yoşlar tadbirkorligini kompleks rivojlantiriş, ularning ilğor loyihalariga keng yöl oçiş muhim örin tutadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyun kungi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi töğrisida”gi Farmoni ham yoşlarning biznes taşabbuslari, startaplari, ğoyalari va loyihalarini röyobga çiqarişga kömaklaşiş va qöllab-quvvatlaş, band bölmagan yoşlarni mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassisliklar va biznes yuritiş könikmalariga öqitiş, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oşiriş orqali ularning bandligini taʼminlaşga qaratilgan.
Dastur doirasida Özbekiston yoşlar ittifoqi huzurida “Yoshlar – kelajagimiz” jamğarmasi, uning tuman, şahar, filiallari taşkil etiladi.
Jamğarma mablağlaridan Davlat dasturidagi tadbirlarni moliyalaştiriş, jumladan:
– yoşlarning biznes taşabbuslari, startaplari, ğoyalari va loyihalarini amalga oşiriş uçun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga beriş;
– Davlat dasturi doirasida olinadigan kreditlar böyiça kredit hajmining 50 foizidan köp bölmagan miqdorda kafilliklar beriş;
– tegişli könikmalarga ega bölmagan yoşlar yaşaydigan uy xöjaliklari uçun 20 tagaça parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 yirik qoramol sotib oliş, ularning qiymatini kelişilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqiş va keyinçalik realizatsiya qilişda kömaklaşiş;
– yoşlarning kasbga qayta tayyorlanişi va malaka oşirişini taşkil etiş, mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga öqitiş, şuningdek, ularga biznes yuritiş könikmalarini singdiriş;
– yoş tadbirkorlarga davlat-xususiy şeriklik şartlarida imtiyozli binolar, ofis texnikasi va sarflaş materiallarini ijaraga beriş, ularni internet bilan taʼminlaş, yoşlarning biznes taşabbuslari, startaplari, ğoyalari va loyihalarini amalga oşirişlari uçun biznes rejalar işlab çiqişda kömaklaşiş.
Yangi jamğarma maslahat, yuridik, buxgalteriya va boşqa xizmat turlarini körsatadi, forumlar, master-klasslar taşkil etiş uçun “Yoş tadbirkorlar” kovorking-markazlari taşkil etadi, savdo-maişiy va kiçik işlab çiqariş maydonlarini taşkil etiş uçun mehnat kuçi haddan ziyod bölgan tumanlarda “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini quradi.
Dasturga muvofiq, Yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş böyiça respublika komissiyasi va tumanlar, şaharlarda hokimlarning yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosarlari boşçiligida hamda içki işlar bölimlari boşliqlarining yoşlar masalalari böyiça örinbosarlari, Yoşlar ittifoqining tumanlar va şaharlar Kengaşlari raislari, tadbirkorlikka kömaklaşiş markazi bölimlari rahbarlaridan iborat yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş komissiyalari tuziladi.
KOMISSIYaNING VAZIFALARI NIMALARDAN IBORAT? degan savol köpçilikni qiziqtirişi tabiiy, albatta.
Komissiya aʼzolari investitsiyaviy va ijtimoiy komplekslar hududiy organlarining, şuningdek, moliyalaştiruvçi tijorat banklarining biriktirilgan xodimlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlari bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişni xohlaydigan band bölmagan aholini aniqlaydi, uyma-uy yurib, aholi bilan uçraşadi, yoşlarning biznes taşabbuslari, startaplari, ğoyalari va loyihalarini işlab çiqişda, zarur hujjatlar va materiallarni tayyorlaş hamda rasmiylaştirişga kömaklaşadi.
Şuningdek, yoşlarning biznes taşabbuslari, ğoyalari va loyihalarini realizatsiya qiliş uçun imtiyozli kreditlar va mol-mulkni birlamçi körib-çiqiş va tanlab oliş ham mazkur komissiya zimmasidadir.
Komissiya aʼzolari har bir xonadonni uyma-uy yuriş, mavjud infratuzilmani inventarizatsiya qiliş, yoşlar şuğullaniş istagini bildirgan mehnat faoliyati turini tahlil qiliş, şuningdek, imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga beriş talabnomlarini tanlab oliş natijalari böyiça tasdiqlangan parametrlar doirasida tegişli tumanlar va şaharlarda namunaviy biznes rejalar asosida realizatsiya qilinadigan yoşlarning biznes taşabbuslari, startaplari, ğoyalari va loyihalarining manzilli röyxatini şakllantirib, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş böyiça respublika komissiyasiga taqdim etadi.
Respublika komissiyasi bu röyxatni imtiyozli kreditlar, mol-mulkni lizingga berişni moliyalaştiriş uçun tijorat banklariga hamda jamğarmaga taqdim etadi.
Moliyalaştiruvçi tijorat banklari taqdim etilgan manzilli röyxat asosida imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga beriş haqida örnatilgan tartibda qaror qabul qiladi. Bu 3 iş kunidan oşmagan muddatda amalga oşiriladi.
“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi töğrisida”gi Prezident Farmoni yoşlar tadbirkorligini kompleks rivojlantiriş va yoşlarni tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişga faol jalb qilişda muhim qadam böldi.
Ayni kunlarda tumanimizda ham Farmon ijrosini taʼminlaş uçun saʼy-harakatlar boşlanib ketdi.
Oygul RAJABOVA,
gazetaning maxsus muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶