ÖZBOŞIMÇALIK BILAN QURILGAN IMORATLAR qanday tartib va şartlar asosida qonuniylaştiriladi?
Joriy yilning 20-aprelida Prezidentimizning “Fuqarolarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar hamda turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aktsiyasini ötkaziş töğrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.
Biz mazkur Farmonning mazmun va mohiyati haqida kengroq tuşunçaga ega böliş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi “Yermulkkadastr” davlat korxonasi tuman filiali boşliği Rustam Yusupovga savollar bilan murojaat etdik.
– Aytingçi, Prezidentimizning uşbu Farmonidan közlangan asosiy maqsad nima?
– Farmonning asosiy maqsadi – insoniylik printsiplaridan kelib çiqqan holda özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini “amnistiya” qiliş hamda fuqarolarga tegişli bölgan turar joylarni davlat röyxatidan ötkaziş böyiça yordam körsatiş orqali uy-joyga doir huquqlarning amalga oşirilişi uçun qulay şart-şaroitlarni yaratişdir.
– Noqonuniy qurilgan imoratning egallab turgan hududi meʼyordan ortiq bölsa nima böladi?
– Özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş bilan bir vaqtda mulkdorga qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlarda, meʼyordan ortiq qismi zahira yerlar hisobiga olingan holda, imorat qurilgan yer uçastkasiga (yer uçastkasining bir qismiga) nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi ham beriladi.
– Farmon qabul qilinganidan keyin özboşimçalik bilan qurilayotgan imoratlarga ham amnistiya qöllaniladimi?
– Farmon qabul qilingandan keyin özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarning mulk huquqi eʼtirof etilmaydi. Bundan taşqari, bir martalik aktsiyaning amal qiliş muddati tugagandan keyin özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş imkoniyati töğrisidagi fuqarolik qonunçiligi normalari bekor qilinadi. Yana şuni ham aytiş kerakki, aktsiya muddati tugagandan söng, yaʼni 2019-yilning 1-mayidan keyin özboşimçalik bilan qurilgan imoratlar uçun javobgarlikni kuçaytiriş nazarda tutilayapti.
– Mazkur farmonga asosan bir martalik aktsiya böyiça harakatlar boşlandimi? Bu masala böyiça fuqarolar eng avvalo qayerga va kimga murojaat qilişlari kerak?
– Prezidentimizning yuqoridagi Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida 2018-yil 21-iyunda hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan köçmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etiş işlarini taşkil etiş böyiça tuman (şahar) komissiyalari taşkil etildi.
Komissiyaga tuman (şahar) hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjaligi böyiça örinbosari raislik qiladi. Komissiya tarkibiga tuman kadastr, quriliş, adliya va boşqa mutasaddi taşkilotlar vakillari kiritildi.
Şuningdek, qaror bilan “Köçmas mulkka nisbatan mulk huquqlarini eʼtirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aktsiyasi doirasida köçmas mulklarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş tartibi töğrisida”gi Nizom tasdiqlandi.
Uşbu Nizom turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aktsiyasi doirasida jismoniy şaxslarning quriliş maqsadlari uçun ajratilmagan yer uçastkalariga yoki imorat quriş uçun ruxsatnoma olmasdan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş tartibini belgilaydi.
Nizomda belgilanişiça, aktsiya köp qavatli uylarga va ularga tutaşib ketgan yer uçastkalarida özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarga, noturar joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Özboşimçalik bilan qurilgan uyga nisbatan mulk huquqini oliş uçun imorat joylaşgan hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali tuman (şahar) hokimiga ariza bilan murojaat qiliş lozim.
Arizaga murojaat etuvçining pasport nusxasi, oila aʼzolari haqida hamda yer uçastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt töğrisida fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining maʼlumotnomalari ilova qilinadi.
Komissiya ariza kelib tuşgandan söng, joyga çiqqan holda özboşimçalik bilan qurilgan imoratni örganadi va dalolatnoma rasmiylaştiradi (barça tartib-taomillar 11 iş kuni davomida amalga oşiriladi).
Dalolatnomada komissiya aʼzolarining xulosalari aks ettiriladi hamda özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş mumkinligi yoki mumkin emasligi körsatiladi.
Komissiya tomonidan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş mumkin deb topilganda dalolatnoma tasdiqlangan kunning özida Davlat xizmatlari markaziga murojaat etuvçiga bir martalik yiğimni tölaşi uçun elektron şakldagi hisobvaraq-faktura tizim orqali yuboriladi.
Murojaat etuvçi hisobvaraq-faktura tuşgan kundan boşlab 4 iş kuni mobaynida hisobvaraq-fakturada körsatilgan tölovni (eng kam iş haqining 5 baravari miqdoridagi bir martalik yiğim) amalga oşirişi kerak.
Bir martalik yiğim tölangandan keyin 2 kun mobaynida imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş töğrisida tuman (şahar) hokimining qarori loyihasi tayyorlanadi va tasdiqlaş uçun tuman (şahar) hokimiga taqdim etiladi. Tuman (şahar) hokimining qarori 2 iş kuni mobaynida qabul qilinadi.
Qabul qilingan qaror nusxasi Davlat xizmatlari markazi tomonidan murojaat etuvçiga taqdim etiladi.
– Aytingçi, özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi qanday hollarda eʼtirof etiladi? Qanday omillar bunday huquqning eʼtirof etilmasligiga sabab böladi?
– Quyidagi hollarda özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etiladi va imorat joylaşgan yer uçastkasiga umrbod egalik qiliş huquqi beriladi:
- özboşimçalik bilan egallab olingan, jismoniy şaxslar tomonidan uzluksiz foydalanilayotgan yer uçastkalari, agar özboşimçalik bilan qurilgan imoratlar boşqa şaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasa yoki fuqaroning hayoti va soğliğiga xavf tuğdirmasa, qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar (şu jumladan, har bir oilaga belgilangan meʼyorlar) doirasida;
- belgilangan tartibda berilmagan yer uçastkalarida qurilgan obʼektlar mulkdori bölmagan, lekin öziniki kabi halol, oşkora va uzluksiz egalik qilib jismoniy şaxslar tomonidan foydalanilayotgan imoratlariga va yer uçastkasiga;
- jismoniy şaxslar tomonidan “Yer töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinişiga qadar yakka tartibda uy-joy quriş, şaxsiy yordamçi xöjalik yuritiş uçun foydalanib kelayotgan imoratlar va yer uçastkasiga huquqlarini belgilovçi hujjatlari saqlab qolinmagan bölsa;
- dehqon (şaxsiy yordamçi) xöjalik yuritiş uçun foydalanilmayotgan özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalari va ularda qurilgan imoratlarga “Dehqon xöjaligi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida belgilangan meʼyorlar doirasida.
Quyidagi hollarda özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilmaydi:
- aholi punktlarining boş rejalari va ularning qismlarini batafsil rejalaştiriş loyihalariga, qişloq fuqarolari yiğinlari hududlarini meʼmoriy rejalaştirişni taşkil etiş loyihalariga zid ravişda joylaşgan imoratlarga;
- magistral quvurlar, temir yöl va avtomobil yöllari, elektr quvvati uzatiş va aloqa liniyalari qöriqlanadigan muhofaza zonalari, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida, şuningdek, aerodromlar va çiqindilar va boşqa zaharli moddalarni kömiş joylari yaqinida joylaşgan imoratlarga;
- qonun hujjatlari bilan qurilişi taʼqiqlangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda hamda tabiiy xavfi yuqori bölgan hududda joylaşgan imoratlarga;
- özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkasida qurilgan imoratlar şaharsozlik normalari va qoidalarini buzib qurilgan bölsa, uning saqlab qolinişi boşqa şaxslarning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini buzsa, yoxud fuqarolarning hayoti va soğliğiga xavf tuğdirsa.
Komissiya tomonidan şaxsning özboşimçalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş mumkin emas deb topilganda komissiya işçi organi rad etiş asoslari körsatilgan xat tayyorlaydi va dalolatnomaning nusxasini ilova qilgan holda uni dalolatnoma tasdiqlangan kunning özida Davlat xizmatlari markaziga hamda tuman (şahar) hokimiga tizim orqali yuboradi.
Murojaat etuvçi komissiya qaroridan norozi bölgan taqdirda, bir martalik aktsiya tugagunga qadar tegişliligi böyiça yuqori turuvçi komissiyaga yoki sudga şikoyat qiliş huquqiga ega.
– Qimmatli fikrlaringiz uçun rahmat!
Allambergan JUMANIYoZOV
suhbatlaşdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶