24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:48
Jamiyat 👁 1,127

Har millatning oʻz anʼanalari bor

Har millatning oʻz anʼanalari bor

Ayni paytda koʻpmillatli tumanimizda 10 ming nafardan ziyod qozoq millatiga mansub fuqarolar yashaydi. Ularning oʻz dini, eʼtiqodlarini emin-erkin amalga oshirishlari, farzandlari oʻz ona tillarida taʼlim-tarbiya olishlari, urf-odat va anʼanalariga amal qilishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

– Oʻzbek oilalari bilan hovli-bogʻimiz tutash sharoitda tugʻilib oʻsganman, -deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qozoq milliy madaniyati markazi tuman boʻlimi rahbari Ozod ogʻa Almuradov. – Hech bir masalada “seniki - meniki” degan tushuncha boʻlmagan. Bu yogʻini soʻrasangiz ikki nafar qizim oʻzbek oilalariga kelin boʻlishgan.

Amudaryo tumanida bunday oilalar juda koʻp. Qozoq toʻy-marosimlaridagi “bet ochar”, “kafgir kuydi”, “rapida kuydi”, “kelin salom” kabi marosim va urf-odatlar har bir oʻzbek oilasi uchun ham qiziqarli va qadrli.

Hayit va bayramlarda qozoq oilalarida sergoʻsht toʻgʻrama, kurtuk, goʻshtli patirak, chalpak, pashmak kabi taomlar tayyorlashadi. Bu taomlar shunchaki tayyorlanmaydi, balki bekalar bunga alohida mehr va eʼtibor bilan qarashadi.

Aksariyat qozoq oilalarida qozoq xalqining milliy cholgʻusi – doʻmbira va qoʻbiz juda qadrlanadi. Chunki, yoshlar qozoq milliy sozlaridan birini, albatta, chalib bilishi kerak, deb hisoblanadi.

– Qozoq kuylarining, qozoq folklorining sehrini tuyib oʻsgan farzandlar nafaqat sanʼatsevar, balki elsevar, vatanparvar, mard va jasur insonlar boʻlib ulgʻayishadi, – deydi Boʻzyop Madaniyat va aholi dam olish markazi rahbari Madina Kenjaqarayeva. – Shuning uchun markazimizda oʻzbek va qozoq kuylari, mumtoz musiqalarini yoshlarimiz jon-jon deb oʻrganishadi. Ayniqsa, ovulimizning qozoq millatiga mansub yoshlari hozirjavoblikda, oʻlanlar, termalar, hatto dostonlar kuylashda juda mohir.

Qozoq oilalarida mehmonning izzati juda boʻlakcha. Xonadonga kelgan mehmon – qoʻnoq alohida mehr bilan kutib olinadi va eʼtibor koʻrsatiladi. Hatto mehmonga xizmat koʻrsatayotgan oila aʼzolari mehmonning hurmati uchun uning huzuriga har gal kirib kelganlarida tavoze bilan salom berishadi va xonadan chiqishda orqaga yurib chiqib ketadilar, hech qachon mehmon oldidan yuzini orqaga oʻgirib chiqmaydilar. Ana shu odatga amal qilishmasa, mehmonga hurmatsizlik hisoblanadi.

Oilada nevara, chevaralar tugʻilishi alohida nishonlanadi. Bobo va buvi boʻlgan xonadon kattalari chaqaloqning bir qoʻlidan bol(asal), bir qoʻlidan sariyogʻ yalaydilar. Maʼnosi – shu tugʻilgan goʻdakning rizq-nasibasi ulugʻ, qoʻli-koʻngli ochiq boʻlsin, deganidir.

Bir soʻz bilan aytganda, Amudaryo tumanida yashovchi qozoq millatiga mansub fuqarolar oʻz orzulari, urf-odat va anʼnalarini yanada boyitib, yangi avlodlar qalbiga singdirishda boshqa millat vakillari bilan tinch-totuvlik, mehr-oqibat va birodarlik rishtalari bilan mustahkam bogʻlanganlarki, bu rishtalar boqiy qadriyatlar kabi mangudir.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026