Aholi va tadbirkorlarga 70 mlrd. sömdan ortiq kreditlar ajratildi
Tijorat banklarining tuman filiallari tomonidan 2018-yilning birinçi yarmida 1744 nafar tadbirkorlar va jismoniy şaxslarga umumiy qiymati 70,28 mlrd. sömlik kreditlar ajratildi.
Ajratilgan kredit mablağlarining 1 ming 139 tasi «Agrobank»ning tuman bölimi hissasiga töğri keladi. Mazkur tijorat banki tomonidan paxta, ğalla, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş, qişloq xöjalik texnikalari sotib oliş uçun jami 54 mlrd. 826 mln. söm, kiçik biznes subʼektlarini qöllab-quvvatlaş uçun 430 mln. söm, Davlat dasturlarining ijrosi böyiça 380 mln. söm va «Obod qişloq» dasturi doirasida 254,7 mln. söm kredit mablağlari ajratildi. Şuningdek, aholiga jami 4 mlrd. 476,5 mln. söm miqdorida isteʼmol kreditlari berildi.
«Mikrokreditbank»ning tuman filiali tomonidan 512 nafar mijozga 5 mlrd. 592,3 mln. sömlik kredit ajratilgan. Şuning 1 mlrd. 236 mln. sömi kiçik biznes subʼektlarini qöllab-quvvatlaş, 120 mln. sömi Davlat dasturlarini ijro qiliş, 555 mln. sömi hunarmandçilik sohasini rivojlantiriş, 135 mln. sömi «Obod qişloq» dasturini amalga oşiriş uçun ajratilgan. Uşbu kreditlarning 653,6 mln. sömi aholiga berilgan isteʼmol kreditlaridir.
«Xalq banki»ning tuman filiali esa joriy yilning ötgan davrida 76 mijozga 4 mlrd. 320,5 mln. sömlik kreditlar ajratgan.
Aholi va tadbirkorlik subʼektlariga ajratilgan kreditlar tumanimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş, yangi iş örinlarini taşkil qiliş va aholining turmuş darajasini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶