HARBIY QISMDA MUSTAQILLIGIMIZNING 27 YILLIGIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR BÖLIB ÖTDI
Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi oldidan joylarda bayram munosabati bilan barçaga bayram kayfiyatini ulaşiş maqsadida turli xil tadbirlar ötkazilmoqda.
Tumanimiz çegara hududida joylaşgan 9202-“K” va 9202-“D” harbiy qismlarida ham mustaqilligimizning 27 yilligiga bağişlangan “Aziz va yagonamsan, jonajon Özbekistonim” şiori ostida katta tadbir ötkazildi. Harbiy qism harbiylari va ularning oila aʼzolari uçun taşkillaştirilgan bu tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölinmasi, tuman Xotin-qizlar qömitasi, “Oila markazi” , Bandlikka kömaklaşiş markazi, Adliya bölimi va Madaniyat bölimi masʼul xodimlaridan iborat tarğibot guruhi iştirok etdi.
Tadbirda tarğibot guruhi aʼzolaridan tuman Xotin-qizlar qömitasi mutaxassisi G.Çimboyçiyeva, tuman Adliya bölimi boşliği M.Matyusupov, tuman “Oila” markazi rahbari G.Yusupova, Bandlikka kömaklaşiş markazi huquqşunosi B.Matmurodova hamda tuman Madaniyat bölimi xodimi O.Begimovlar Özbekistonda mustaqillik yillarida barça sohalarda olib borilgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalişlar, katta özgarişlar va yangilanişlar haqida sözlab ötdilar. Şuningdek, qudratli Vatanning jasur himoyaçilari bölgan harbiylar va ularning oila aʼzolarini bu bayram bilan qutladilar. Tarğibot guruhi tomonidan taşkil etilgan kitoblar yarmarkasi tadbirga yanada fayz kiritdi.
Eng uluğ, eng aziz bayram munosabati bilan ötkazilgan tadbir barçaga kötarinki ruh bağişladi.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶