24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 18:03
Jamiyat 👁 1,178

HAR BIR OILA TADBIRKOR BOʻLADI

HAR BIR OILA TADBIRKOR BOʻLADI

Aholi turmush darajasi va sifatini yuksaltirishda bandlikni taʼminlash, daromad manbalarini yaratish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois yurtimizda bu borada turli islohotlar amalga oshirilib, aholiga keng imkoniyat yaratilmoqda. Ayniqsa, tadbirkorlik boʻyicha har qanday tashabbus qoʻllab-quvvatlanib, davlatimiz tomonidan ham amaliy, ham huquqiy yordam koʻrsatilmoqda.

Mehnat bilan band boʻlmagan aholi uchun imkoniyat

Prezidentimiz tomonidan yaqinda qabul qilingan “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror ham aynan shu maqsadga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Ushbu qaror asosan mehnat bilan band boʻlmagan aholini tadbirkorlik, hunarmandlik, fermerlik, kasanachilikka oʻrgatish orqali ularga daromad manbaini yaratib berishga qaratilgan.

Qarorga asosan qishloq va mahallalarda boʻsh turgan yerlar va binolar yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik subʼektlariga biriktiriladi. Tadbirkorlar uchun bu juda katta imkoniyat boʻlib, endi qoʻshimcha ish oʻrinlari va daromad manbalari yaratiladi.

Dastur doirasida kreditlar ajratiladi

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish toʻgʻrisidagi Nizomga koʻra, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan jismoniy shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun eng kam ish haqining 150 baravarigacha miqdorda mikrokredit, kichik tadbirkorlik subʼektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirma, kichik korxona, dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik subʼektlari uchun esa eng kam ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda kreditlar ajratish koʻzda tutilgan. Kreditlarning foiz stavkasi yillik 7 foiz miqdorida belgilangan. Bunda kredit liniyasi 3 foizni, bank marjasi 4 foizni tashkil etadi.

Mikrokreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3-yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi. Kreditlar esa ushbu kredit hisobiga amalga oshiriladigan loyihaning biznes rejasiga muvofiq oʻzini oʻzi qoplash jihatlaridan kelib chiqib 2-yilgacha imtiyozli davr bilan 5-yil muddatgacha ajratilishi mumkin.

Kreditlar sektor rahbarlari va mahalla fuqarolar yigʻinlari tavsiyanomalariga asosan beriladi.

Qanday hujjatlar talab qilinadi?

Kreditlarni rasmiylashtirishda jismoniy shaxslar bankka ariza, pasport nusxasi hamda kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan imtiyozli kreditlash boʻyicha tavsiyanomalarni topshirishlari kerak.

Garov yoki kafillik: qaysi biri qabul qilinadi?

Banklar tomonidan kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida jismoniy shaxslardan oʻzi yashaydigan hudud sektori rahbari va mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan imtiyozli kreditlash boʻyicha tavsiyanoma qabul qilinadi.

Kichik tadbirkorlik subʼektlari kredit olish uchun bankka ariza, biznesreja, tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot kabi hujjatlarni taqdim etadi. Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari esa ariza va biznes rejalarini topshirsa kifoya.

Kichik tadbirkorlik subʼektlari kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida bankka uchinchi shaxs kafilligi, sugʻurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kafilligi yoki qonun hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlaridan birini taqdim etadi. Tijorat banklari kichik tadbirkorlik subʼektlariga yuqorida nazarda tutilgan taʼminot turlarini talab qilmasdan ham eng kam ish haqining 150 baravarigacha boʻlgan miqdorda ishonchli mikrokredit berish huquqiga ega. Buning uchun kredit oluvchi tadbirkor muayyan daromadga egaligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi lozim.

Samarali loyihalar uchun koʻproq miqdorda kreditlar ajratiladi

Dastur doirasida tuman va shaharlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratish imkoniyati mavjud boʻlgan loyihalarga ham tegishli resurslar hisobidan eng kam ish haqining 1000 baravaridan ortiq miqdorda yillik 7 foiz stavkada imtiyozli kredit ajratilishi koʻzda tutilgan. Bunday samarali loyihalar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ahamiyatli deb topilsa, tegishli hududiy ishchi guruhlar tomonidan tanlab olinadi.

Mikrokreditning bir qismi naqd pulda ham berilishi mumkin

Dastur doirasidagi resurslar hisobidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar alohida kredit hisob varagʻi ochilib, toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq, naqd pulsiz shaklda pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.

Ammo jismoniy shaxslarga imtiyozli mikrokreditlar ajratilayotgan loyihaning oʻziga xos jihatlariga koʻra, kredit hisobiga olinadigan mahsulotni pul oʻtkazish orqali sotib olishga imkoniyat boʻlmagan taqdirda hududiy ishchi guruhga maʼlum qilinadi. Ularning bu boʻyicha chiqargan xulosalariga koʻra mikrokreditning bir qismi naqd pulda ham berilishi mumkin.

Kredit hamda unga hisoblangan foizlarni naqd pulda, bank plastik kartochkalari orqali yoki qarz oluvchining hisobvaragʻidan pul oʻtkazib berish yoʻli bilan qaytarish mumkin.

Lekin olingan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilsa, bank tomonidan tegishli tartibda maqsadsiz ishlatilgan qismi muddatidan ilgari undirib olinadi.

Bugungi kunda qaysi sohada boʻlmasin, izlanish, imkon topib yanada yaxshi yashash uchun harakat qilish zamon talabiga aylangan. Albatta, buning uchun ayni paytda imkoniyat yetarli. Faqatgina istak va intilish boʻlsa bas.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tatbiq etilayotgan “Har bir oila - tadbirkor” dasturi yurtimizda tadbirkorlik faoliyatining yanada jadallashishiga, iqtisodiyotimiz yanada yuksalib, aholi turmushi bundan-da farovon boʻlishiga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026