AHIL VA TOTUV IKKI XALQNING QARDOŞLIK RIŞTALARI MUSTAHKAM
Özbekiston turli millat va elat vakillariga beşik, Vatan bölib kelayotgan muqaddas göşadir. Diyorimizda 130 ga yaqin millat va elatlar ahil-inoq va tinç-totuv yaşab kelişmoqda. Har bir millatga xos bölgan urf-odat, qadriyat va anʼanalar saqlab qolinişiga, davom ettirilişi va rivojlantirilişiga ham alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Yurtimizda boşqa millat vakillari singari turkman millati vakillari ham hamjihatlik, totuvlik bilan yaşab, turli sohalarda faoliyat körsatişmoqda. Öz mehnatlari bilan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati yuksalişiga, rivojlanişiga munosib hissa qöşişmoqda.
Tumanimizning Amir Temur nomli ovulidagi “Mehnatkaş” aholi punktida istiqomat qiladigan Bibizuhra Annasanova ham köp yillar xalq taʼlimi sohasida xizmat qilib, bolalarga taʼlim berdi. Qişloqdagi 25-maktabda 35-yil öqituvçilik qildi. Maktabga ilk qadam qöygan ovul bolalarining savodini çiqarib, turkman alifbosini tanitgan Bibizuhra ejega ovul ahlining hurmati baland.
– “Mehnatkaş” aholi punktida 650 nafarga yaqin aholi yaşaydi, – deydi ovul fuqarolar yiğini raisi Oybek Yusupov. – Qişloqdagi 100 dan ziyod xonadonda 160 ga yaqin oila bor. Bibizuhra eje Annasanovaning oilasi qişloqdagi ibratli oilalardan. Farzandlarini ham yurt koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalagan eje hozir nafaqat öğilu-kelinlari, balki elning ham ardoğida.
Şu ovulda tuğilib voyaga yetgan Bibizuhra Annasanovaning ota-onalari şu yurtni Vatanim deb, xalqni qon-qarindoşim deb yaşagan oilalardan bölgan. Bu oila töy-maʼrakasi, urf-odati bir, tutumlari-yu, udumlari ham öxşaş xalq bilan birga yaşab, şu makonda eʼzoz topdi. Barça imkoniyatlar yaratilgan şunday yurtda kamolga yetayotgan yoş Bibizuhra Vatan ravnaqiga munosib hissa qöşib, yoşlarga taʼlim-tarbiya beriş maqsadida öqituvçi bölişga ahd qildi. U oliygohni tugatib, ovuldagi maktabda boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib iş boşladi. Endi iş boşlagan kezlarida şu ovuldagi turkman oilalaridan biriga kelin böldi. Uç farzandni dunyoga keltirgan Bibizuhra, negadir oğir betoblikka çalindi.
Betoblik holdan toydirgan Bibizuhra qattiq tuşkunlikka tuşib qoldi. Ammo u uç nafar qora-közlari, öğillari uçun yaşaşi kerakligini his qilib, qaddini tikladi. Maktabda birga işlayotgan özbek, turkman hamkasblari unga dalda bölişdi. Özini butunlay işga bağişlagan Bibizuhraga maktabda öquvçilari, uyda esa farzandlari yupanç böldi.
– Bibizuhra eje farzandlariga ham ota, ham ona böldi, – deydi tuman Xotin-qizlar qömitasining mutaxassisi Dildora Xudoyberganova. – Har birini hunarli, odobli va kamtarin insonlar qilib voyaga yetkazdi. Öz farzandlarining tarbiyasi bilan çeklanib qolmasdan, maktabda öquvçilarning ham savodini çiqardi. Ularga ilk bor harf örgatib, qöliga qalam tutqazgan Bibizuhra ejedan ovul ahli juda minnatdor.
Bibizuhra Annasanovaning katta farzandi Vafo Rahmonov tumandagi mebel işlab çiqarişga ixtisoslaşgan xususiy korxonalardan birida hisobçi bölib işlaydi. Ikkinçi farzandi Quvonçbek Rahmonov esa nonvoyçilik qiladi. Oilaning kiçigi Ravşanbek Rahmonov ham akasi Quvonçbek bilan nonvoyçilik qilib, el koriga yaramoqda. Bibizuhra ejening kelinlari Mehrijamol, Şukurjon, Gulnurlar mohir töquvçi, tikuvçi, pazanda.
– Ota-bobolarimiz bu elni makon tutişganiga yuz yillardan ham oşib qoldi, – deya sözlaydi Bibizuhra eje. – Bu davr içida özbek va turkman millati oğa-inidek, qon-qarindoş bölib, mustahkam riştalar bilan boğlandi. Anʼana va urf-odatlarimiz öxşaş bu xalq bilan qiz olib, qiz berib quda-qarindoş böldik. Bizning udumlarimiz özbekona udumlar bilan uyğunlaşib ketgan.
Ovulda yaşayotgan turkman millati vakillari töy-maʼrakalardan boşqa paytda ham mehmon poyiga jonliq söyib siylaşadi. Eng tansiq taomlari bölgan palovdan taşqari, çalpak, qatlama, kunjili göja, göştli göjalar tayyorlab, dasturxonni töldirişadi. Öğil-qizlarini voyaga yetguniça, albatta, biror hunarga örgatişadi. Ayniqsa, qizlar töqiş-tikişni puxta örganib, özlari uçun kelinlik sarpolarini tayyorlaşadi. Bibizuhra eje özi bilgan turkmaniy naqşlar töqişni ovuldagi örganişni havas qilgan özbek qizlariga ham bajonidil örgatadi.
Eje ovulda özbek va turkman oilalarining ikki xalqda bir xil bölgan “Qiz çiqariş” töylarida qiz uzatilayotganda laparlar aytib, fayz kiritadi. Öz laparlarida qiz uzatiş momolardan qolgan meros ekanini kuylab, ota-onasiga tasalli beradi va kelin bölmişning borgan xonadonida unib-ösib, uvali-juvali bölib ketişiga tilak bildiradi. Faqat qişloqdagina emas, ovulda ötadigan turkman va özbek milliy bayramlarida ham Bibizuhra Annasanovaning taşkilotçiligini, faolligini köriş mumkin. Tuman miqyosida ötkaziladigan Navröz, Mustaqillik bayrami tadbirlarida darhol ovul ayollarini töplab, qöşiq va laparlar bilan birga dasturxonga ham ikki millatning milliy taomlarini tayyorlaşga kirişadi.
Biz taşrif buyurgan kunimiz Bibizuhra ejening xonadonida qöni-qöşni, quda-qarindoş, döst-yorlar jam bölişgan ekan. Ötgan yili uylantirgan kiçik öğli Ravşanbek farzandli bölib, ejening nevaralari yana bittaga köpaydi. Uning quvonçini birga baham köriş uçun kelgan mehmonlar bilan xonadoni töldi.
– Nasib qilsa, şu nevaram bir yoşga tölganida “Soç töyi”ni ötkazaman, – deydi quvonçini siğdirolmay Bibizuhra eje. – Bizda bir yoşga qadar bolaning soçi olinmaydi. Bir yoşga tölganida marosim ötkazilib, katta yoşdagi toğasi bolaning soçiga qayçi tekkizadi. Buning maʼnosi şuki, bolaning toğasiga öxşab baʼmani, el koriga yaraydigan yigit bölib voyaga yetişiga tilak bildiriladi. Bunday odat nafaqat turkman millatida, balki özbeklarda ham bor. Udum va odatlarimiz öxşaş özbek xalqi bilan biz bir tanu-bir jon bölib ketganmiz.
Şoirlardan biri, özbek-turkman xalqlarining döstlik va qardoşlik tarixini Amu daryosidan uzun, deya taʼriflagan edi. Darhaqiqat, bu ikki xalqning faqatgina urf-odati emas, madaniyati va tili ham bir-biriga yaqin. Amir Temur nomli ovulda ildizi bir daraxt kabi tomir otib yaşayotgan Bibizuhra eje Annasanova, Tirkaş oğa Omonov, Sattorbergan oğa Rahmonov, Odoy oğa Tilepov, Xolboy oğa Guvajanov kabi elda eʼzoz topgan insonlar ham yoş avlodga namuna bölib, ham bu ikki xalq örtasidagi ahillik va totuvlik riştalarining yanada mustahkamlanişiga hissa qöşib yaşaydi.
Ozoda XUDOYBERGANOVA.
Maqola “Jayxun ilhomlari” NNTning “Özbekiston – maftunkor diyor”
nomli davlat granti loyihasi doirasida çop etilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶