24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 18:04
Jamiyat 👁 1,003

Advokatura instituti takomillashmoqda

Advokatura instituti takomillashmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda Advokatura  instituti ham takomillashtirilmoqda. Zero Advokatura  instituti fuqarolik jamiyatining muhim boʻgʻini hisoblanadi. Advokatura  institutini takomillashtirishdan bosh maqsad bu jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash hisoblanadi.

Advokatura  instituti haqida gapirishdan oldin avvalo “Advokatura” tushunchasiga huquqiy nuqtai nazardan sharh berib oʻtish masqadga boʻladi.

Oʻzbekiston Pespublikasini 1996-yilda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra Advokatura — huquqiy institut boʻlib, u advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shugʻullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, koʻngilli, kasbiy birlashmalarini oʻz ichiga oladi. Advokatura Oʻzbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Pespublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam koʻrsatadi deb belgilab qoʻyilgan.

Advokatura  fuqarolik jamiyatini qurishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam koʻrsatuvchi institut hisoblanadi. Lekin shuni ham takidlab oʻtish joizki, advokatlar oʻz faoliyatini bekami koʻst amalga oshirishda bir qancha toʻsiqlarga uchramoqda. Bu toʻsiqlarni bartaraf etish asnosida Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5441 – sonli Farmoniga muvofiq 2018-yil 1-iyuldan boshlab advokat nizolarni sudgacha hal qilish, tomonlarni yarashtirish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek hakamlik sudyasi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega boʻldi (Advokat tomonlardan birining vakili boʻlgan holatlar bundan mustasno). Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka oʻtash muddati olti oydan uch oyga qisqartirildi, bunda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari va sudya, tergovchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil faoliyat yuritgan shaxslar majburiy stajirovkadan ozod etilish kabi yengilliklar berildi.

Bundan tashqari, advokatlik litsenziyasini tugatish uchun asos boʻladigan advokat tomonidan uzrli sabablarsiz oʻz kasb majburiyatlarini bajarmaslik muddati amaldagi uch oydan olti oyga uzaytiriladi. Sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish toʻgʻrisidagi ayblov hukmi kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida Oʻzbekiston Pespublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini belgilangan tartibda yozma xabardor qiladi. Advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, advokatning kasb etikasi qoidalari talablari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda, shuningdek, litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda, litsenziyaning amal qilishini tugatish Oliy malaka komissiyasi xulosasiga asosan Oʻzbekiston Pespublikasi Adliya vazirligining murojaati boʻyicha faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.

Farmonga muvofiq sohadagi yangiliklardan yana biri faoliyat yuritayotgan advokatlar va yangidan advokat maqomini olgan shaxslar Advokatlar palatasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan har bir tanlangan mutaxassislik boʻyicha alohida litsenziya asosida yuridik yordam koʻrsatadilar. Bunda faoliyat yuritayotgan advokatlarning litsenziyalarini qayta rasmiylashtirish ularni tanlagan mutaxassisliklari boʻyicha qayta attestatsiyadan va yigʻimlarni toʻlashdan ozod etgan holda amalga oshiriladi, advokat maqomini olish boʻyicha malaka imtihonini takroran topshirish muddati bir yildan olti oygacha qisqartiriladi.

Yuqoridagilardan tashqari, advokatlarning oʻzlarining himoya ostidagi shaxslar bilan audio va videokuzatuv qurilmalari boʻlmagan maxsus xonalarda hamda begona shaxslarning ishtirokisiz oʻz vaqtida va hech qanday toʻsiqlarsiz uchrashishi taʼminlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual koʻrib turish imkoniyati saqlanib qolinishi shart, bundan tashqari, advokat oʻz professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, Oʻzbekiston Pespublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga qatʼiy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini oʻtkazish tartibini buzmasligi kerak.

Farmonga muvofiq advokatlarning malakali yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan, davlat va boshqa organlardan hamda korxona, muassasa va tashkilotlardan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalarini olish uchun soʻrovlari soʻrov qabul qilingan paytdan boshlab koʻpi bilan oʻn besh kun muddatda bajarilishi shart, davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bundan mustasno deb belgilab qoʻyilgan. Advokat soʻroviga koʻra maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etmaslik, yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganlikda aybdor mansabdor shaxslar advokatning sudga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaatiga asosan belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar. Sohadagi yana bir yangiliklardan biri advokatlik byurolarini taʼsis etgan advokatlar oʻz faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda oʻzlariga tegishli boʻlgan turar joylarida amalga oshirishlari mumkin, bunda ushbu turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish uchun noturar joy toifasiga oʻtkazish talab qilinmaydi.

Sohada amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar jamiyatimizda advokatura institutini rolini oshirish va fuqarolarimizni qonuniy huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda muhim asos boʻlib xizmat qiladi.

J.Bekimbetov, Amudaryo tumani Adliya

boʻlimi bosh maslahatchisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026