Yozgi taʼtilda 240 nafar amudaryolik bolajonlar Toşkent şahri va Qaşqadaryo viloyatidagi oromgohlarda hordiq çiqardilar
Yurtimizning sölim göşalarida yozgi taʼtilda bolalar maroqli hordiq çiqarişlari uçun dam oliş oromgohlari taşkil etilgan. Yozgi taʼtil boşlanganidan şu kunga qadar tumanimizdan Toşkent şahridagi bolalar oromgohiga 1-bosqiçda 30 nafar, 2-bosqiçda 120 nafar, 3- bosqiçda esa Qaşqadaryo viloyatidagi “Loçin” oromgohiga 90 nafar 10-14 yoşdagi öğil-qizlar hordiq çiqariş uçun jönatildi.
Mamlakatimizda “Eng namunali oromgoh” nominatsiyasi böyiça ğoliblikni qöldan bermay kelayotgan Qaşqadaryo viloyatidagi “Loçin” oromgohida bolajonlar ikki hafta davomida miriqib dam oldilar.
Katta tantana bilan kutib olingan bolajonlardagi kötarinki kayfiyat ularni dam oliş kunlarining oxirigaça aslo tark etmadi.
Oromgoh binosiga örnatilgan Tojmahal, Eyfel minorasi, Pegiston majmuasi, Oqsaroy, Misr piramidalari kabi dunyoga maşhur meʼmoriy obidalarning maketlari bolajonlarning ötmiş haqidagi tasavvurlarini yanada boyitdi va ajdodlarga ehtiromini oşirdi.
Oromgohda bolajonlar haykaltaroşlik, tikuvçilik, aktyorlik, kaştaçilik, zardözlik, naqqoşlik kabi tögaraklarda va şaxmat-şaşka, voleybol, basketbol, tennis, suvda suziş kabi sport maşğulotlarida iştirok etib, öz vaqtlarini mazmunli ötkazdilar. Undan taşqari, oromgohda ötkazilgan “Loçin star-2018” tanlovi, har bir viloyatlar urf-odatlariga bağişlangan körgazma, “Suv bayrami”, “Zakovat” viktorinasi kabi tadbirlar barçaga olam-olam zavq bağişladi.
Qaşqadaryo viloyatidagi “Loçin” oromgohida hordiq çiqargan bolajonlar tumanimizga juda katta taassurotlar bilan qaytdilar.
Saragul Yusupova, 36-sonli maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶