24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 18:04
Jamiyat 👁 1,204

Nazarxon ovulida "Obod qishloq" dasturi doirasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda

Nazarxon ovulida "Obod qishloq" dasturi doirasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq dasturi toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, joriy yilda har bir tumanda 2 tadan qishloqda keng koʻlamli qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Dastlabki lavhamiz bu borada tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar xususida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Obod qishloq” dasturini 2018-yilda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tumanimizdagi “Nazarxon” ovuli hamda “Qipchoq” shaharchalari “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan.

Dastur amalga oshirilayotgan “Nazarxon” ovulida salkam 4 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi xonadonlari soni 702 tani tashkil qilib, dastur doirasida 115 ta uylarni obodonlashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, aholini toza ichimlik suv bilan taʼminlanganlik darajasini yaxshilash maqsadida 6,9 km uzunlikdagi yangidan ichimlik suv quvurlarini yotqizish, elektr tarmoqlari yetib bormagan, yangidan qurilgan turar joylarni elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida yangidan 4 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini qurish, eskirgan 24,1 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, 1 ta tranformator punktini yangidan oʻrnatish, 3 tasini mukammal taʼmirlash, 5 ta gaz taqsimlagich oʻrnatish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 1,6 km uzunlikdagi gaz tarmoqlarini qurish va taʼmirlash, tabiiy gaz bosimi past boʻlgan hamda gaz tarmogʻi yetib bormagan xonadonlarni 60 dona suyultirilgan gaz ballonlari, 100 tonna koʻmir va koʻmir briket mahsulotlari bilan taʼminlash, 5,5 km uzunlikdagi qishloq avtomobil yoʻllarni joriy taʼmirlash, aholiga transport xizmatini koʻrsatish hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2 ta bekat tashkil etish, 2 ta ijtimoiy soha obʼektlarini taʼmirlash, 3 ta savdo va xizmat koʻrsatish shahobchalarini tashkil etish rejalashtirilgan.  Ayni kunlarda bu ishlar jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Jumladan, rejadagi 115 ta uylardan  71 tasida taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilib, bu ishlarga 355 mln. soʻm miqdorida mablagʻ sarf qilindi. Ovul hududida umumiy uzunligi 6,9 km boʻlgan ichimlik suvi quvurlarini yotqizish ishlari yakunlanib, bu ishlarga 659 mln. soʻm mablagʻ sarf qilindi. Shuningdek, yoʻl boʻylariga 66 ta simyogʻochlar, 20 ta tungi yoritish chiroqlari oʻrnatildi. 4,4 km uzunlikdagi gaz tarmoqlari, 2 km uzunlikdagi qishloq avtomobil yoʻllari, ovul markaziy koʻchasi boʻyida esa uzunligi 1,6 km boʻlgan piyodalar yoʻlakchasi tashkil qilindi.

Ovul hududida 2 ta joyda har biri 16 mln. soʻmlik 2 ta avtomobil toʻxtash joyi qurildi. Ovuldagi suv taʼminoti ogʻir boʻlgan “Koʻk daryo” aholi punktidagi 50 ta xonadonning tomorqa yer maydonlarini suv bilan taʼminlash maqsadida 1,3 km uzunlikda yangidan “Qirq jap” kanali qazildi. Loyqa bosib qolgan “Xoʻja jap” kanalining 1 km qismida tozalash ishlari amalga oshirildi.  Shuningdek, aholi tomorqa yerlarini suv bilan taʼminlovchi 2,1 km uzunlikdagi ariqlar hamda “Nazarxon-arna” kanalining 2,2 km qismi tozalanib, suv oʻtkazuvchanligi oshirildi.

Aholining taklif va iltimoslariga koʻra hududdagi zah suvlari satxini pasaytirish uchun 5,4 km uzunlikdagi kollektorlarda 30 mln. soʻmlik tozalash ishlari olib borildi, 8 gektar yer maydonlarida tozalash ishlari amalga oshirildi. Yoʻl boʻyidagi 16 ta turar-joylar oldidagi ariqlar qazilib, archa daraxtlari ekildi.  

 “Nazarxon” ovul fuqarolar yigʻini binosida 200 mln. soʻmlik taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, yigʻin binosi zamonaviy koʻrinishga va barcha sharoitlarga ega boʻldi. Ovuldagi 3-sonli maktab binosida 180 mln. soʻmlik, 10-sonli maktabgacha taʼlim muassasi binosida 735 mln. soʻmlik qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy koʻrinish kasb etgan taʼlim muassasalari binolari yaqin vaqt ichida bolajonlarni oʻz bagʻriga chorlaydi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Berdaq qishloq vrachlik punkti binosida 311 mln. soʻmlik mukammal taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan boʻlib, ayni kunlarda binoda ish surʼati qizgʻin davom ettirilmoqda.  

Bir soʻz bilan aytganda, Nazarxon ovulida mazkur dastur doirasida qilinayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari qishloq aholisi uchun munosib sharoitlar yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026