BOLAJONLAR SAFI YaNADA KENGAYaDI
Qiliçboy ovulining “Beş ovul” mahallasidagi 42-sonli bolalar boğçasida ayni kunda 40 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Bu yerda taşkil etilgan tögaraklarda turli maşğulotlar ötkaziladi. Ularda iştirok etayotgan bolajaonlar öqiş-yoziş, jismoniy tarbiya, musiqa va raqs sirlarini ham örganmoqdalar. Ayniqsa katta guruhda tarbiyalanayotgan 20 nafar bolaning ingliz va rus tili tögaraklarida iştirok etişib, şu tillarni örganişayotganliklari kişini qoyil qoldiradi.
Bu bolalar boğçasida faoliyat körsatayotgan Feruza Örozmetova, Gulçehra Madrahimova va Yulduz Bozorboyeva kabi tarbiyaçilarning, Muyassar Nurimova, Gulnora Abdullayeva kabi yordamçi tarbiyaçilarning, hamşira Gulnora Rajabovaning bolalarni tarbiyalaşdagi saʼy-harakatlari, fidoyiligi va taşabbuskorligi tahsinga sazovor bölayapti.
– Joriy yilning sentyabr oyidan boğçamizga yana 50 nafar bola qabul qilinadi. 55-örinlik boğçaga 90 bolani joylaştiriş, ularning tarbiyasi va taʼlim olişini taşkil etiş oson bölmaydi albatta. Biz bunga bugundan boşlab puxta tayyorgarlik körayapmiz, – deydi boğça mudirasi Gulnora Qurbonboyeva.
Haqiqatan ham bugungi kunda uşbu boğçada qabul qilinadigan yangi bolajonlar uçun barça şaroitlar yaratilmoqda.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶