QIŞLOQLARIMIZ ÇIROY OÇADI
Ayni kunda Amudaryo tumanining Nazarxon ovulida va Qipçoq şaharçasida “Obod qişloq” davlat dasturiga asosan bir qança quriliş va obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Ayniqsa bu yerlarda taʼlim muassasalari binolarining mukammal taʼmirlanib, çiroyli holatga keltirilişi, ularda bolalarning yaxşi taʼlim-tarbiya olişlari uçun barça şaroitlarning yaratilişi aholi quvonçiga sababçi bölayapti.
Nazarxon ovulidagi 3-sonli maktab binosida 180 mln. sömlik, 10-sonli boğça binosida 735 mln. sömlik, Qipçoq şaharçasidagi 11-sonli maktab binosida 776,9 mln. sömlik va 2-sonli bolalar boğçasi binosida 1 mlrd. 217-mln. sömlik mukammal taʼmirlaş işlarining amalga oşirilayotganligi haqiqatan ham diqqatga sazovordir.
Şuningdek bu hududlarda boşqa obeʼktlar qurilişi va taʼmirlanişiga ham alohida eʼtibor berilayati. Jumladan Nazarxon ovul fuqarolar yiğini binosida 200 mln. sömlik QVP binosida 200 mln. sömlik mukammal taʼmirlaş işlari amalga oşirilayapti va ovulda qiymati 600 mln. söm bölgan 6,9 kilometrlik suv tarmoği tortilayapti hamda Qipçoq şaharçasida qiymati 608 mln. söm bölgan 2 ta suv sotiş şohobçasi qurilişi boşlanayapti.
Bugungi kunda Nazarxon ovuli va Qipçoq şaharçasiga borgudek bölsangiz, u yerlarda qişloq va ovullarimizning tobora çiroy oçib, jannatmakon göşalarga aylanayotganligining guvohi bölasiz.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶