Oilaviy ajrimlar: ularning oldini oliş mumkinmi?
- Albatta mumkin, - deydi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tuman bölimi boşliği Gulşod Yusupova. – Çunki ajraşaman, degan qarorga kelgan oilalar hayotiga nazar solsangiz – arzirli sababning özi yöq, yo kelin turmuşidan köngli tölmaydi, yo erning köpinça ajrimlarga nuroniy yoşga yetib qolgan otaxon, onaxonlar ham sabab bölayotganligini körasiz. Ular kelinining ayrim kamçiliklari sabab öğliga ajraşasan, yo uydan çiqib ketasan, degan şart qöyişadi. Qarabsizki öğil albatta ota-onasidan yuz ögirib keta olmaydi. Biz ham barça ota-onasini hurmat qilişi, keksayganida tinç-xotirjam, rohat-faroğatda yaşaşini taʼminlaşi tarafdorimiz. Biroq ota-onalar farzandi uçun oilasi ham muhim ekanligini unutmasliklarini istar edik.
Yaqinda ajraşiş yoqasiga borib qolgan bir oila bizning bölimimizning jamoat taşkilotlari, MFY xodimlarini jalb qilgan holda aralaşuvi, tuşuntiriş olib borişlari natijasida hayoti maromiga tuşib ketdi. Özaro nizolar sababi oddiy: qaynonaning aytişiça, “kelinining tili bir qariç”. Menga unday kelin kerak emas, - deb öğliga ajraşiş yo şartini qöygan, örtada uç nafar norasida gödaklar sarson.
Suriştirsak, oilada rözğor yuki asosan kelin zimmasida, maktabda öqituvçilik qilib, uyida mol-holiga, tomorqasiga ham asosan kelin qarar, öğil işdan kelib, televizor qarşisida, ota-onasi yonida yotib olar ekan. Kelinning biror işda eridan kömak söragani qaynota-qaynonaga oğir botar, bizga iş buyurayapsanmi, - deya janjal çiqarişar ekan.
Biz şu oilada bölib, oila mustahkamligi, tinç-osoyiştaligi hamma aʼzolariga boğliq ekanligini, farovonlik uçun avvalo er, xotin ham birday intilişi lozimligi, kelin ham ojiza ayol, birovning farzandi, eri unga rözğor işlarida kömakdoş bölişi lozimligini qayta-qayta tuşuntirdik. Harakatlarimiz zoye ketmadi. Oila hayoti iziga tuşib ketdi.
Çor-atrofimizdagi notinç, yo ajraşayotgan oilalar hayotiga çuqurroq nazar solsak, albatta suhbatdoşimizning sözlari haq ekanligiga guvoh bölamiz.
Oilalarda bir-birovni hurmat qilmaslik, fikrlarini inobatga olmaslik, özaro tuşunmovçiliklar notinçlikni yuzaga keltirayotgani bor gap.
Ajrimlar sabab neça-neça norasida gödaklarning yetim bölib qolayotganligini öylaş – juda oğir. Ularning kelgusidagi hayoti nima böladi, degan savol esa yanada azobli.
Töğri, hozirgiday dorilomon zamonda heç kim oç, yalanğoç qolmaydi. Biroq farzand uçun eng oliy neʼmat ota-ona mehri emasmi?
Şularni inobatga olgan holda, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi şu yilning 1-avgustidan 30-avgustigaça “Biz oilaviy ajrimlarga qarşimiz” mavzusida oilaviy munosabatlarni mustahkamlaş oyligini ötkazmoqda.
Oylik doirasida markazning bizning tumanimizda faoliyat olib borayotgan bölimida ham köpgina saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Xususan, röyxatga olingan notinç oilalarni qayta xatlovdan ötkazib, mazkur oilalarni soğlomlaştiriş böyiça çora-tadbirlar belgilandi, kelişmovçiliklar sodir bölayotgan oilalardagi muammolarning tub mohiyatini aniqlaş, ularni murosaga keltiriş çoralarini köriş, ajrim körsatkiçlari oşgan hududlarda oila muqaddasligini tarğib etuvçi tadbirlar ötkaziş, ibratli oilalarni namuna qilib körsatiş orqali ularning ham tinç-totuv yaşab ketişlariga erişiş, ibratli oila, qaynona, qaynota tanlovlarini ötkaziş, Fuqarolar yiğinlarining eng yaxşi işlaydigan Yaraştiriş komissiyalarini aniqlaş va rağbatlantiriş nazarda tutilgan çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Oylik doirasidagi tadbirlar oilalar, oilalardan tarkib topgan jamiyatimizda tinç-totuvlik, özaro hamjihatlik barqaror bölişiga sezilarli taʼsir körstişiga umid qilamiz.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶