ÖZGARIŞLAR, YaNGILANIŞLARDAN BARÇANING KÖNGLI YuKSALMOQDA
Bugungi kundagi yurtimizdagi özgarişlar, yangilanişlar heç kimni befarq qoldirmaydi. Bularning turmuşimizdagi afzalliklarini, qulayliklarini har birimiz öz hayotimizda his qilayapmiz.
Birgina bizning Oybek nomli mahallamiz misolida olib qaraydigan bölsak, qança-qança içki yöllar taʼmirlandi. Aholining içimlik suvi bilan taʼminlanişini yaxşilaş maqsadida Qipçoq köçasi böylab ötgan magistral suv quvurining mahalla hududidan ötgan joylari rekonstruktsiya qilindi, aholiga savdo, maişiy xizmat körsatiş şohobçalari köpaydi.
Ayniqsa, Gulzor va Oybek nomli mahallalarni ikkiga bölib turgan “Qipçoq – Manğit – Turkmaniston çegarasi” avtomobil yölining 15 metr kenglikda töla taʼmirdan çiqarilib, yöl atroflariga yoritgiçlar qöyilgani, tun qoronğusida ham atrof yoruğ bölib turgani odamlarimizning könglini ham yoritib yuborgandek böldi.
Qisqa muddatlarda faqatgina bizning mahallamizda amalga oşirilgan buningdek yangilanişlar mahalladoşlarimizning yaşaşga, ezgu işlar qilişga iştiyoqini oşirmoqda.
Ayni kunlarda mahallamizda bizni ana şunday dorilomon kunlarga yetkazgan mustaqilligimizning 27 yilligini munosib nişonlaşga qizğin hozirlik körilmoqda.
Tumanimizning barça aholisini istiqlolimizning 27 yilligi bilan qutlayman.
Mustaqilligimiz abadiy bölsin!
Zuhra Ahmedova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶