MUAMMOLAR IJOBIY YeÇIMINI TOPMOQDA
Tuman prokurori rahbarligidagi 2-sektorga tumandagi Amir Temur nomli, Örta qalʼa, Qiliçboy, Xolimbeg va Dörman ovullari hamda Arna böyi, Boğ, Xizr eli, Beş ovul, Toş qalʼa, Yuqori qişloq, Ayoqçi, Qoramon, Böz solma, Döstlik, Yangiobod va Farovon mahallalari biriktirilgan.
Mazkur hududlarda uyma-uy yurişlar natijasida, şu paytga qadar jami 536 ta muammo aniqlandi va bu muammolarning 514 tasi hal etildi. Hal etilişi uçun qöşimça muddat va manba talab etiladigan 22 ta muammo «Yöl xaritasi»ga kiritildi.
Şu bilan birga, 2-sektor hududidagi 30 tadan ortiq xonadonlarga gaz ballonlari olib berildi. Qiliçboy ovuli hududidagi 420 ta xonadonning tomorqa yerlariga oqar suv yetkazib berilişida amaliy yordam körsatildi. Xizr eli mahallasidan ötuvçi 470 metrlik içki yöllar taʼmirlandi. Bundan taşqari, 1 ming 330 metr içki yöllarga şağal toşlar töşalib, taʼmirlaş işlari olib borilmoqda.
Amir Temur nomli va Xizr eli mahallalarida eskirgan elektr transformatori hamda avtomatlari yangisiga almaştirilib, bu bilan 120 ta xonadonning elektr energiyasiga bölgan ehtiyoji qondirildi.
Arna böyi mahallasida joylaşgan 27-sonli maktab oldi tomonidagi piyodalar yölakçasi taʼmirlab berildi. «Manğit arna» kanalining Boğ mahallasidan ötuvçi qismi qaytadan qazildi.
Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini hamda Xizr eli, Toş qalʼa va Beş ovul mahalla fuqarolar yiğinlari hududida yaşovçi aholining toza içimlik suviga bölgan ehtiyojini qondiriş maqsadida tuman Suv tarmoqlari korxonasi tomonidan 2 ming 511 ta xonadonga taşib beriş yöli bilan suv yetkaziş çoralari körilmoqda.
Tuman Bandlikka kömaklaşiş markazi bilan hamkorlikda aholi bilan suhbatlar ötkazilib, böş iş örinlariga işga joylaştiriş uçun takliflar berildi. Hududdagi 177 nafar fuqaro mavsumiy hamda doimiy iş bilan taʼminlandi.
Sektor hududidagi jami 36 nafar, şundan 15 nafar katta yoşdagi va 15 nafar voyaga yetmagan nogironlar nogironlik aravaçalari, 3 nafari eşitiş moslamalari, 7 nafari hassa va 1 nafari qöltiqtayoq kabi reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlandi.
Hududdagi tadbirkorlik subʼektlarining ham muammolari hal qilinişiga kömaklaşilmoqda. Xususan, «Yakubboy Aşirov» fermer xöjaligiga “Belarus - 82.1” rusumli traktor sotib oliş uçun 140 mln. sömlik, “Amir Temur çorvadori” agrofirmasiga “Belarus-80-X” rusumli traktor sotib olişi uçun 262 mln. söm hamda “Amudaryo maxsus quriliş” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga quriliş materiallarini işlab çiqarişni kengaytiriş maqsadlari uçun bankdan 400 mln. sömlik kredit ajratilişida amaliy yordam berilib, muammolari hal etildi.
Hududdagi tadbirkorlik subʼektlari işlari jadallaştirilib, jami 204 ming AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritilişiga erişildi.
Hududda ötgan 6 oyda umumiy jinoyatçilik 24 tadan 15 taga kamaydi. 8 ta ovul va mahallalarda birorta jinoyat sodir etilmadi.
Bundan keyin ham sektor aʼzolari tomonidan uyma-uy yurilib, hududdagi aholi bilan uçraşuvlar ötkaziş davom ettiriladi va mahallalardagi dolzarb muammolarni aniqlab, ularni bevosita joyida bartaraf etiş çoralari köriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶