ÖRMONLAR – YaŞIL BOYLIGIMIZ
Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qiliş borasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati xalqimizning yaşil olam – ona tabiatga bölgan munosabatini, yer, suv, tuproq ekologiyasini yaxşilaş, hududlarning tozaligiga erişiş va har bir qariç yerni obod, farovon göşaga aylantiriş, keng kölamda kökalamzorlaştiriş işlarini olib boriş, dehqonçilik madaniyatini yanada yuksaltirişga qaratilgan. Bu qamrovi keng vazifalarni amalga oşirişda Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi tarkibiga kiruvçi hududlardagi örmon xöjaliklarining faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik yillarida sohaga alohida eʼtibor va rağbat kuçaytirildi. Mavjud örmonlarning fauna va florasini yanada boyitiş, tez ösuvçi va iqlimga moslaşuvçi daraxt köçatzorlarini taşkil etiş va örmonlaştiriş, noyob quşlar va hayvonlarni noqonuniy ovlaşga çek qöyiş, sanoatbop daraxtlarni köpaytiriş hamda örmonçilik hududlarida oziq-ovqat mahsulotlari yetiştirişga ixtisoslaştirilgan polizçilik-sabzavotçilik xöjaliklari faoliyatini yölga qöyiş, parrandaçilik, quyonçilik va asalariçilikni rivojlantiriş hisobiga oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan qator loyihalar sohaga keng joriy etildi.
– Ayniqsa, Prezidentimizning 2017-yil 11-maydagi “Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi 2966-sonli Qarori biz örmonçilarning zimmamizga yanada ahamiyatli vazifalarni yukladi, – deydi Qipçoq davlat örmon xöjaligi direktori Maqsud Nurekeyev. – Uşbu Qaror örmon xöjaliklari tomonidan 2017-2019-yillarda amalga oşirilişi lozim bölgan köplab vazifalarni nafaqat belgilagani, balki har bir xodim uçun aniq va puxta körsatmalar bergani bilan ham muhim ahamiyatga ega böldi.
Prezident Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida Qipçoq davlat örmon xöjaligida keng qamrovli işlar boşlab yuborildi. Avvalo xöjalik tasarrufidagi 16468 gektar yer maydoni mutaxassislar tomonidan qadam-baqadam örganib çiqildi. Asosiy örmon bilan qoplangan 3226 gektar yerdagi dov-daraxtlar qatʼiy nazorat ostiga olindi. Şuningdek, xöjalikda saksovul, klyon, katalka, aylant, yasen, qayrağoç, tut, örik, şaftoli, unabi, naʼmatak, mojjevelnik, yapon saforasi kabi daraxt va butalarning uruğlarini tayyorlaş, ularning mahalliy iqlimga mos navlarini yaratiş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Buning uçun zamonaviy şaroitlarga töla mos keladigan 5 gektarlik niholxona, 0,8 gektar maydonda köçatxona taşkil etildi.
– Köçatlar asosan tumanimizdagi idora va taşkilotlarga şartnoma asosida yetkazib beriladi, – deydi M.Nurekeyev. – Joriy yilda salkam 2 million sömlik şartnomalar tuzilib, 5289 dona turli xil daraxt köçatlari buyurtmaçilarga yetkazib berildi.
Örmon xöjaligi yerlaridan samarali foydalaniş maqsadida 2018-yilda 15,3 gektar maydonga qişloq xöjalik ekinlari joylaştirildi. Poliz va sabzavot ekinlaridan taşqari, aççiq qalampir, kunjut va dorivor ösimliklardan şirinmiya (böyan), isiriq, moyçeçak plantatsiyalari taşkil etildi. Bundan taşqari, “Respublikada kavrak plantatsiyalarini taşkil etiş va ularning xom aşyosini qayta işlaş hajmlarini köpaytiriş hamda eksport qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi 3617-sonli Prezident Qarori Qipçoq davlat örmon xöjaligi hududida mavjud tabiiy holda ösuvçi kavrak maydonlariga bölgan munosabatni özgartirib, örmonçi-mutaxassislarning kavrak yetiştiriş va ularning zahira maydonlarini köpaytirişga bölgan intilişlarini qöllab-quvvatlaş imkonini berdi. Natijada bu dorivor ösimlik maydonlarini ança kengaytirişga erişildi.
Xöjalik moddiy-texnika bazasining yil sayin yaxşilanib, oliy maʼlumotli mutaxassis yoşlar işga qabul qilinayotgani örmon xöjaligi hududida yangi-yangi tarmoqlar işini yölga qöyiş imkonini bermoqda.
– Örmon xöjaligida qimmatbaho manzarali va mevali daraxt köçatlari ham yetiştiriladimi? – qiziqdik.
– Albatta, bu boradagi saʼy-harakatlarimiz ham yaqin vaqt içida öz natijasini beradi, – deydi M.Nurekeyev yangi rejalar haqida söz oçarkan. – Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Örmon xöjaliklarida qimmatbaho manzarali va mevali daraxtlarning, şu jumladan, limon, çilonjiyda, anor, grek yonğoği, xandon pista köçatlarini 2017-2021-yillarda yetiştiriş böyiça ixtisoslaştirilgan köçatxonalar taşkil etiş yuzasidan çora-tadbirlar Dasturi” bu boradagi işlarni yanada jadallaştirişni talab etadi. Yaqin vaqt içida Qipçoq davlat örmon xöjaligi limon va limon köçatlari yetiştirişga ixtisoslaştirilgan öz issiqxonasiga ega böladi. Buning uçun maxsus yer maydoni ajratilib, issiqxona taşkil etişga kirişildi.
Qipçoq davlat örmon xöjaligida yana bir ezgu iş amalga oşirildi. Xöjalikda BMTning rivojlantiriş loyihasi tomonidan tumanimiz xöjaliklarida yetiştirilgan asalni har xil hajmdagi şişa va plastmassa idişlarda sifatli qadoqlab beruvçi 31 ming yevro qiymatiga teng bölgan zamonaviy tsex işga tuşirildi. Uşbu tsexda tumanimizdagi barça asal yetiştiruvçi xöjaliklar öz mahsulotlarini şartnoma asosida qadoqlaş imkoniga ega va buyurtmaçilar uçun barça şaroitlar yaratilgan.
Örmonlar – umumxalq boyligi. Tabiiy olamning zahira maydonlarini kengaytiriş va bioxilma-xillikni taʼminlaş nafaqat soha xodimlarining, balki har bir fuqaroning burçidir. Şu bois, xöjalikda faoliyat yurituvçi 30 nafar xodimning deyarli barçasi iş jarayonlarida örmon hududlariga yaqin joyda yaşovçi aholi örtasida doimiy ravişda tuşuntiriş-tarğibot işlarini olib borişadi. Örmon hududida ov qilmaslik, qoramollarni boqmaslik, dov-daraxtlarni noqonuniy ravişda çopmaslik, şox-şabbalar va qamişzorlarga öt qöymaslik böyiça olib borilayotgan tuşuntiriş-tarğibot işlariga qaramasdan, 2018-yil boşidan beri 4 ta holatda örmon qonunbuzarligi aniqlanib, örmon fondiga yetkazilgan 1 mln. 687,9 ming söm zarar aybdorlardan undirib olindi.
– Köpçilikda şunday tuşunça bor, – deydi M.Nurekeyev örmon qonunbuzarligi xususida gapirarkan, – özi ösib yotibdi-ku, egasi yöq-ku, – deb daraxt va butalarni kesib ketişadi. Bu notöğri, öşa özi unib-ösib, tabiiy ravişda köpayadigan daraxtlar – umumxalq mulki. Qolaversa, örmonlar – toza havo, kislorod fabrikalari. Bir tup töronğil daraxti ösib, boşimizga soya solgunça kamida 10-yil vaqt ötadi. Demak, atrofimizdagi yaşil olam öz-özidan bunyod bölmaydi. Unga mehr, eʼtibor, parvariş kerak.
Albatta, azizlar, har bir tup niholni mehr berib parvarişlasak, ertaga u farzandlarimiz közini quvontirgulik yaşil boylikka aylanadi. Yaşillik esa xalqimizga ham maʼnaviy, ham jismoniy quvvat bağişlaydi. Demak, örmonlar har birimiz uçun bebaho boylik – musaffo, sof havo, soğligimiz uçun benazir kafolatdir.
Robiya YÖLDOŞEVA, “Taraqqiyot közgusi”
gazetasining maxsus muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶