“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MARKAZI –QORAQALPOĞISTONDA ENG NAMUNALI MUASSASA
Iqtidor va qobiliyat har bir insonda bolalikdan şakllanadi. Bu xislatlar imkoniyat va muhitga qarab rivojlanadi va özini namoyon qiladi. Tumanimizdagi “Barkamol avlod” bolalar markazi bolalardagi iqtidorni yuzaga çiqarib, qobiliyatlarini yanada rivojlantirişlari uçun imkoniyat va mahorat maktabi vazifasini ötamoqda.
Markazda “Badiiy ijodiyot”, “Texnik ijodiyot”, “Ölkaşunoslik va ekologiya” hamda “Çet tili” yönalişlari böyiça taşkil etilgan tögaraklarda hunar örganib, bilim olayotgan bolajonlar uçun yetarli şaroit yaratilgan. Tögaraklar ötkaziladigan xonalar zarur jihozlar bilan taʼminlangan.
– Har bir tögarak rahbari öz yönalişi böyiça tegişli uslubiy qöllanmalar tayyorlab, maşğulotlarni asosan şu böyiça olib borişadi –, deydi markaz direktori Xonimjon Rajabova. – Yangi pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan uslubiy qöllanmalarga har öquv yilida yangi özgartirişlar kiritib boriladi.
Öquvçilardagi yaşirin isteʼdodlarni yuzaga çiqarib, ularning öziga bölgan işonçini yanada oşiriş va körsata bilişga örgatiş asosiy vazifamizdir.
Bugungi kunda markazda hunar örganayotgan bolajonlar turli körik-tanlovlarda iştirok etib, katta yutuqlarni qölga kiritişmoqda.
Markazdagi “Yoş ekolog” tögaragi aʼzolaridan taşkil topgan “Amudaryo” jamoasi Toşkent şahrida ötkazilgan “Bolalar va suv” ekofestivalida faxrli 2-örinni egalladi. Toşkent şahrida ötkazilgan “Ekologiya bolalar nigohida” ekofestivalida “Karving” yönalişi böyiça iştirok etgan markaz öquvçisi Bekpoşşa Abdullayeva sertifikat bilan taqdirlandi. Nukus şahrida ötkazilgan “Varraklar sayli” musobaqasida iştirok etgan öquvçilardan Usmon Xolmurodov 1-örinni, Asadbek Rajabov 2-örinni, Jahongir Hayitboyev 3-örinni egalladi.
“Zarb” yoş doiraçilar körik-tanlovining Farğona şahrida ötkazilgan bosqiçida 9 nafar tögarak aʼzolaridan tuzilgan guruh öz mahoratini körsatib, faxrli 3-örin ğolibi böldilar. “Yoş jurnalist va notiq” tögaragi aʼzosi Yorqinoy Kenjaboyeva esa Nukus şahrida ötkazilgan “Yaşil sayyoramiz öz qölimizda” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston bosqiçida 1-örinni egalladi.
Samarqand şahrida ötkazilgan “Yilning eng yoş ixtiroçisi” körik-tanlovining Respublika bosqiçida iştirok etgan Jahongir Hayitboyev 3-örin ğolibligini qölga kiritdi. “Milliy raqslar” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston bosqiçida qatnaşgan Guliraʼno Örinboyeva yakka ijro yönalişi böyiça 1-örin ğolibi böldi va tanlovning Respublika bosqiçiga yöllanma oldi.
Yangi isteʼdod egalarini kaşf etib kelayotgan “Barkamol avlod” bolalar markazi bu yil Qoraqalpoğiston Respublikasida “Eng namunali “Barkamol avlod” bolalar markazi” deb topildi. Ayni kunlarda markazda maşğulot ötiş uçun yaratilgan şaroitlarni, tögarak rahbarlarining öquvçilar bilan ötkazadigan maşğulotlari, tayyorlangan uslubiy qöllanmalarini, öquvçilarning ijodiy işlarini barça tumanlardagi “Barkamol avlod” bolalar markazlariga namuna qilib körsatiş maqsadida körgazmali seminar ötkazişga qizğin tayyorgarlik körilmoqda.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶