OQ OLTIN OVULIDA YoNĞIN XAVFSIZLIGI BÖLIMINING ÖQUV-TAKTIK MAŞQI ÖTKAZDI
Kundalik turmuşda foydalaniladigan olov nazoratsiz qoldirilsa, insonlarga juda katta talofat yetkazadi. Nazoratsiz qolgan olov yonğinga aylansa, yillar davomida qança mehnat evaziga bunyod bölgan moddiy boyliklarni bir zumda yöq qiladi. Insonlarga ham moddiy, ham maʼnaviy zarar keltiradigan bunday favqulodda holatlarning oldini oliş maqsadida tuman Yonğin xavfsizligi bölimi tomonidan öquv-taktik maşqi taşkil etildi.
Oq oltin ovulidagi “Amudaryo” paxta tozalaş hissadorlik jamiyati binosida ötkazilgan öquv-taktik maşqi mağulotlariga Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar Vazirligi Yonğin xavfsizligi bölinmasi kuç va vositalarini taqsimlovçi guruhi xodimlari qatnaşdi. Maşğulotlarga 5 ta texnika jalb etildi. Texnikalarning 3 tasi asosiy yonğin öçiriş maşinalari bölib, 2 tasi (AN)-30 rusumli va (PNS)-110 rusumli maxsus maşinalardan iborat böldi.
Öquv-taktik maşqida yonğin xavfsizligi xodimlari va 18 nafar yonğinga qarşi kuraşiş drujinaçilari iştirokida paxta ğaramida sodir bölişi mumkin bölgan yonğinni bartaraf qiliş böyiça maşğulotlar ötkazildi. Maşğulotlarda asosan yonğin paytidagi jangovar harakatlar körsatib berildi.
Öquv-taktik maşq maşğulotlarida yonğinning oldini oliş, uni bartaraf qiliş çoralari amaliy körsatildi hamda iştirokçilar bu böyiça yetarli tuşunçaga ega böldilar.
Hamro Matyoqubov, tuman Yonğin xavfsizligi bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶