ÖZBEKISTON – OZOD VA OBOD UYIMIZ
Totuvlik – millatlarni birbiriga suygun, elatlarni gulgun qiluvçi tuyğu. Totuvlik bor joyda qut-baraka, fayz, tinçlik va ahillik, mehr-oqibat, taraqqiyot böladi. Köngillarni rohat-faroğat quçadi. Rohat-faroğatga yetişgan dillarda faqat ezgulik tuğiladi. Şuning uçun ham Özbekistonday jannatmakon yurtni özlariga Vatan qilgan 136 ta millat vakillarining barçasi bir-biriga döst, inoq, bir-birlari ila tomirlari tutaş. Bu tomirlar mehr-oqibatdan, qon-qardoşlik taftidan kuç oladi. Ana şu kuçdir mamlakatimizda dillarni, tillarni, millatlarni bir-biriga el qilgan!
Bugungi Özbekiston maktablarida darslar 7 tilda olib boriladi. 10 tilda televideniye körsatuvlari namoyiş etilib, radio eşittirişlar efirga uzatiladi. 100 ga yaqin milliy-madaniy markazlar faoliyat olib boradi. Salkam 1,5 milliardga yaqin aholi istiqomat qilayotgan Xitoydek rivojlangan mamlakatda 52 millat vakillari yaşarkan. Eʼtibor bering: bizning 33 millionlik xalqi bor Özbekistonimizda esa 136 ta millat vakillari özaro hamjihatlikda, mamlakat iqboli uçun fidoyi mehnat qiladilar va totuv yaşaydilar. Demak, mamlakatimizda yaşayotgan barça millat vakillarining Özbekistonni özlariga Vatan qilişlari uçun mustahkam va işonçli asoslari bor. Bu – xuddi et bilan tirnoqni bir-biridan ajratib bölmagani kabi, xalqimizni bir-birlari ila mustahkam jipslaştirib turgan özaro hurmat-izzat, mehr-oqibat, totuvlik va bağrikenglik ildizlarining teranligidir.
Ikkinçi jahon uruşi yillarini bir eslang-a! Uruş boşlanişidan sal oldin faqat Özbekistonning özidan 100 mingdan ziyod begunoh kişilar qatağon qilindi. 13 ming nafar aybsiz aybdorlar “xalq duşmani” sifatida otuvga hukm etildi. Dunyo qalqib turgan bir vaziyatda, bir millatni ikkinçi millatga gij-gijlaş avjiga çiqqan, el-u yurtlardan hamjihatlik, mehr-oqibat kötarilgan bir paytda, maşʼum uruş tufayli millionlab kişilar uruş olovi içra qolganda Özbekiston barça millat bolalariga quçoğin keng oçdi. Uruş, xörlik, jabr-sitam özbek xalqining bağrikenglik xislatini, ildizlari teran totuvlik neʼmatini sidirib taşlay olmadi. Birgina özbek oilasi – Bahrixon aya va Şoahmad ota Şomahmudovlar bağriga olgan öndan ortiq millat bolalari bir qozondan taom yeb, özbekning quroq körpasida uxlab, orom oldilar.
Akademik şoir Ğafur Ğulom bobomiz: “Sen yetim emassan, tinçlan jigarim!” deya dunyoga özbekning öz sözi bilan bong urdi, totuvlik va bağrikenglik tuğini baland tutdi. Hali-hanuz uruş yillarida özbek xonadonlaridan panoh topib, özbekning tuzini içib, mehridan bahramand bölgan “uruş bolalari” Özbekistonga talpinib turişlarida ham totuvlikning ming bir hikmati mujassam emasmi, azizlar!
Bu hikmatlar mohiyatida uluğlik bor, özaro hurmat-izzat, yuksak odamgarçilik, köngillar köngillarga tutaş, qonlar qorişib, et va tirnoq kabi uzilmas riştaga aylangan qarindoşlik bor unda! Etni tirnoqdan ajratib köring-çi! Ajratolmaysiz, jon-u jahoningiz zirqirab ketadi oğriqdan. Özbekistonda 136 ta millat vakili bir-birlarisiz yaşay olmaydi: har özbekning heç bölmaganda bitta qozoq qarindoşi-qurdoşi, tojik yo turkman oşnasi bölgani kabi boşqa millat vakillarining ham köngliga yaqin qon-qarindoşlari bor. Bu – bizning mamlakat xalqi uçun eng uluğ qadriyat – mazmun va mohiyatida yuksak insoniylik fazilatlarini mujassam etgan totuvlikning uluğ xislatidir!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶