YoŞLARIMIZ OMON BÖLIŞSIN!
Mana, ha demay jonajon mamlakatimizning öz mustaqilligiga erişganiga 27-yil tölayapti. Men har gal şu sana yaqinlaşayotgan kunlarda hamyurtlarimning bugungi va keçagi kunlarini köz oldimga keltiraman. Şu ikki davrni taqqoslaşim natijasida tasavvurimda insonlarning kamsitilgan va qadrlangan hayotlari aks etadi.
Keçagi kunimizda u yoki bu narsalarni olib sotişga qöl urgan kişilarni “olib-sotar” deya ayblaşib, yuzlariga qora surtişardi. Şu davrda öz holiça bir narsalarni işlab çiqarişga harakat qilgan kişilar esa taʼqib qilinar, faoliyati töxtatilar edi.
Bugun-çi? Bugungi kunda mustaqil mamlakatimizda işbilarmonlar safini kengaytiriş, ularning erkin faoliyat yuritişlariga zamin yaratiş, şu tufayli odamlarning farovon hayot keçirişlariga töla şaroit yaratiş davlatimiz siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi.
Ayniqsa yoşlarimiz uçun yaratib berilayotgan şaroitlarni aytmaysizmi? Hozirgi kunda bizning mamlakatimizda yoşlarning taʼlim olişi, mehnat qilişi va yaşaşi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar behisob.
Biz keksalar buguni kunda mustaqil Özbekistonimizning yanada gullab yaşnaşi yölida fidokorona mehnat qilayotgan yoş yigit-qizlarimizni körib, közimiz quvonadi, ularni duo qilişdan çarçamaymiz.
Ayni kunda yoşlarimizga yaratib berilayotgan imkoniyatlarni körib, bexad suyunamiz. Şu bilan birga ularga bunday ğamxörliklarning qadriga yetişlarini doimo maslahat qilamiz.
Fursatdan foydalanib, men tumanimiz yoşlarini mustaqilligimizning 27 yilligi bilan tabriklayman va ularga hayotlarida, öqiş va işlarida katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Bizning baxtimizga omon böling, aziz yoşlar!
Gulora DÖSÇANOVA, Z.M.Bobur nomli ovul.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶