BAXT-IQBOL, ERK YÖLI MANGU BÖLSIN!
Baxt-iqbol, erk yöli. Bu yöl tomon intilmoq, tinçlik, huzur-halovatga yetişmoq – insoniyatning azaliy orzusi. Inson to özini ana şu yölda körmoq uçun intilaveradi, orzu qilmoqdan aslo çarçamaydi.
Azizlar, atrofga bir boqing: Ona Yurtning tört tomoni gulrang, tört tomonida töyu-tantana! Biri-biriga mehr jomini tutgan 136 millat ahil-inoq. Biri-birining qöllaridan tuz totgan, yetti mahallaning bolasini öz bolasiday eʼzozlayotgan xalqimizning şodligiga taʼrif yöq. Quvonçlar jarangi dunyolarga yetgan bundayin dorulomon damlar şukuhi ona Özbekistonning har bir göşasida hukmron. Şukur, ming-ming şukur, xalqimiz çin maʼnoda Baxt-iqbol va Erk yölida!
Bu manzilga yetgunça aziz, jonajon Özbekiston xalqi uzoq, juda uzoq, sermaşaqqat yöl yurdi. Surgunlar, qatağonlar, qonli muhorabalar zahrini totaverib sillasi qurigan aziz xalqimiz uçun hamişa bir ezgu şior suyanç böldi: Erk va adolat barhaqligiga işonç! Ana şu işonç xalqni birlaştirdi, ezgu orzular röyobi yölida jipslaştirdi. Ana şu jipslik 136 ta millat farzandlarini buyuk va yengilmas Özbekiston xalqi degan nom bilan dunyoga tanitdi. Totuvlik, bağrikenglik, mehr-oqibat tuyğulari ila gupurgan yuraklarda, har bir qalbda aziz va yagona, jonajon Vatan – Özbekiston böy tikladi!
Dil töla faxr va iftixor ila baralla aytamiz: tan-u jonimizga singib ketgan bugungi porloq va kelajagi buyuk Özbekiston – bu Vatan – barçamizniki!
Bugun bu Vatanning şahru yovonlarini kezing – begona yöq. Totuvlikdan rang olgan töy-maʼrakalarini köring – barçasi yaqin, barçasi qavm-u qarindoş tojik-u özbek, qozoq va turkman, qoraqalpoq bilan qirğiz, öris-u tatar... Eh-he, barça bir dasturxon atrofida jamul-jam, barçaning öz örni, dil töla tilagi bor. Örtada mehr, qon-qarindoşlik ho-kim, hurmat-eʼtibor hokim örtada!
Quvonçlar kökka yetgan lahzalarning şukuhini qarang: – Ona Yurt osmoni musaffo, tonglari osuda, köngillar xotirjam, xonadonlarda osoyiştalik.
Sarişta, obodon köçalar tomon lang oçilgan eşiklardan oydin hayot sari qadam taşlayotgan farzandlar çehrasiga bir boqing – quvonçlar uçqunlaydi, qadamlarida ajib dadillik, şijoat!
Ana şudir, azizlar, xalqimiz ming maşaqqat ila yetgan Baxt-iqbol va Erk yöli! Bu yölni qurmoq uçun jafolar çekkan momo-bobolar haqqi, bu yölga yetaklab, qadamlarimizga quvvat bölgan fidoyilar haqqi, matonat va jasorat kamarlarini mahkam boğlab, to bu yölga yetgunça öz huzur-halovatidan keçgan, elim, yurtim deb yaşagan Vatanparvarlar haqqi, Baxt-iqbol va Erk yöli xalqimiz uçun mangu bölsin! 27-yildirki, Ona Yurt osmoni uzra porlab turgan Hurriyat Quyoşi, Erk va Istiqlol bayroği mangu bölsin, azizlar!
Zotan,
Buyuk tarix bilan buyuk qadam-la,
Buyuk kelajakka evrilgan Vatan.
Qarang tört tomonga, har bir qadamda
Bir buyuk özgariş kaşf etgan Vatan!
Xalq baxtiyor baxt-u iqbol yölida,
Hurriyat, Erk va Istiqbol yölida!
Şundayin Vatanga farzandmiz, farzand,
Otamiz, onamiz Alpomişlarga.
Tinçlikka, döstlikka eng metin darband –
Istiqlol poyidor evrilişlarga!
Xalq baxtiyor baxt-u iqbol taxtida,
Köz tegmasin Özbekiston baxtiga!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶