Oiladagi muhit
Mustaqillik yillarida yurtimizda oilalarni har jihatdan mustahkamlaş borasida ulkan işlar amalga oşirildi.
Oila işlarining yurişişi, uning soğlom va mustahkam bölişi, oila maʼnaviy muhitining musaffoligi uning har bir aʼzosi xatti-harakatiga boğliqdir. Avvalo ota-onaning bir-birlariga munosabati samimiy, özaro hurmat asosida qurilsagina bunday oilada musaffo maʼnaviy muhit vujudga keladi. Aksinça, ularning bir-biriga qöpol muomilasi, betakallufligi, hayotiy qiyinçiliklarni yengişda, bolalar tarbiyasida, oilaning moddiy taʼminotidagi turfa fikrlilik özaro munosabalarga darz tuşiradi. Har narsada sabrlilik, oilaviy muammolarni öylab, aql-zakovat bilan hamjihatlikda hal etiş, özaro mehribonlik, farzandlarga şirin muomala, har ikkala tomonning qarindoş-uruğlariga, qöni-qöşnilarga mehr-muhabbat bilan qaraş, haqiqatni axloq-odob meʼyorlari darajasida gapiriş esa oila muhitini poklaydi. Şuningdek, içiş, çekiş, yolğonçilik, dimoğdorlik, manmanlik va boşqa şu kabi illatlardan xolilik ham oila madaniyatining yuksalişiga sözsiz ijobiy taʼsir körsatadi.
Jumladan, ota-onalarning bir-biriga “siz”lab gapirişi, yölga otlanganda “eson-omon borib keling”, “safaringiz bexatar bölsin”, kutib olganda “hormang”, “yaxşi borib keldingizmi?” kabi lutflarni işlatişi farzandning ota-onaga nisbatan hurmatini, mehr-muhabbatini oşiradi, ota-ona ular uçun ibrat bölib qolişini taʼminlaydi. Çunki insonning eng sof va pokiza tuyğulari, ilk hayotiy tuşunça va tasavvurlari birinçi galda oila bağrida şakllanadi. Xalqimizning “Quş uyasida körganini qiladi”, degan dono maqoli mana şu azaliy haqiqatni yaqqol aks ettiradi.
Oila mustaqilligining yana bir şarti – unda hukmronlik qiladigan maʼnaviy muhit bilan boğliq. Bu muhitning soğlomligiga erişiş uçun mamlakatimizda juda katta işlar olib borilmoqda. Jumladan, yoşlarni ham jismonan, ham maʼnan soğlom voyaga yetkaziş masalasiga barça taşkilot va muassasalarining diqqat-eʼtibori qaratilgan. Bu şaroitlardan töğri foydalangan yoşlarimizning erişayotgan yutuqlari esa özlari tuğilib, voyaga yetgan oilaninggina emas, butun xalqimizning, yurtimizning yutuğidir.
Nodira Jölliboyeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶