“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MARKAZIDA SEMINAR- KENGAŞ ÖTKAZILDI
24-avgust kuni Amudaryo tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazida “2018-2019 öquv yilida “Barkamol avlod” bolalar markazlari oldida turgan vazifalar” mavzusida Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça Avgust seminar-kengaşi ötkazildi.
Seminar-kengaş Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi va bolalar ijodiyoti namunalari asosida taşkil etilgan körgazma namoyişi bilan boşlandi. Şundan keyin mehmonlar ikki guruhga bölingan holda Respublikada eng namunali deb topilgan Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyati bilan tanişdilar.
Seminar-kengaş iştirokçilari tadbir davomida yangi öquv yilida “Barkamol avlod” bolalar markazlari oldida turgan vazifalar, hujjatlar bilan işlaşiş hamda ularning yuritilişini nazoratga oliş yuzasidan özaro fikr almaşdilar. Şuningdek, tadbirda “Barkamol avlod” bolalar markazlarining Respublika miqyosida ötkazib kelinayotgan körik-tanlovlardagi iştiroki va körik-tanlovlar yakunlari haqida ham söz yuritildi.
Seminar-kengaş yakunida Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori Xonimjon Rajabovaga markaz faoliyatini namunali taşkil etganligi uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Faxriy yorliği topşirildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶