40-sonli maktabda öquvçilarga Prezident sovğasi – öquv anjomlari topşirildi (+Video)
Yangi öquv yili boşlanişi oldidan Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktab maʼmuriyati yangi işlarni rejalaştirib, yuqori natijalarni qölga kiritişni maqsad qilgan holda iş boşlamoqdalar.
- Joriy öquv yilidan boşlab taʼlim tizimiga kiritilayotgan yangiliklar bizni yanada samarali, fidoyilik bilan işlaşga undamoqda. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan xalq taʼlimi tizimini tubdan özgartiriş, uni zamon talablariga muvofiq takomillaştiriş borasida oldimizga qöyilgan vazifalarni töliq bajariş uçun sidqidildan harakat qilamiz, - deydi maktab direktori, xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşi deputati Sanobar Xöjamurotova.
Keça - 3-sentyabr kuni maktabning 1-sinfiga qabul qilingan 100 dan ortiq öquvçilarga öquv qurollaridan iborat Prezident sovğasi topşirildi.
Bolajonlarning maktab deya atalmiş qutluğ dargoh ostonasiga qadam qöyganidan naqadar xursand ekani ularning yuz-közlarida aks etib turibdi. Ularni körgan kişining qalbida şu baxtiyor kiçkintoylar içidan vaqti kelib ilm-fan sirlarini puxta egallagan, jamiyat va davlat ravnaqi yölida xizmat qiladigan yetuk insonlar yetişib çiqişiga umid, işonç uyğonişi tabiiy.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶