MUASSASAMIZ OBOD MASKANGA AYLANDI
Agar boğ yaratsangiz-u unga alohida eʼtibor qaratmasangiz, nihollar parvarişi uçun zarur amallarni bajarmasangiz – boğ nafaqat quriydi, balki körimsiz holatga kelib qoladi. Töğrisini aytsam, avval xalq taʼlimi tizimi tasarrufidagi maktabgaça taʼlim muassasalari xuddi qarovsiz holatdagi boğ misol bir ahvolda edi. MTMlarning öz moddiy texnik bazasi şakllanmagan, tarbiyaçi-mutaxassislar “boriga baraka” qabilida iş yuritişga majbur edilar.
Muhtaram Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgaça taʼlim tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori soğa faoliyatini tubdan özgartirib yuboradi. Ayniqsa, sohaning alohida vazirlik sifatida qayta taşkil etilişi yanada yangi imkoniyatlar sari yöl oçdi. Mamlakatimizda, şu barobarida tumanimizda ham davlat şerklik asosidagi xususiy MTMlarning paydo bölişi, eng çekka qişloqlarda ham yangi MTM binolarining qurilişi, mavjud MTMlarda olib borilayotgan rekonstruktsiya va joriy taʼmirlaş işlari sohaga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va rağbatdir.
Birgina bizning Nazarxon ovulimizda amalga oşirilayotgan keng qamrovli quriliş-taʼmirlaş işlarini körib beixtiyor xalq orzu-umidlari uşalayotganidan közlar quvonib, köngillar yuksaladi. Prezidentimizning 2018-yil, 29-martdagi “Obod qişloq” dasturini 2018-yilda amalga oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” Qaroriga muvofiq bizning Nazarxon ovulimiz ham “Obod qişloq” dasturiga kiritilib, ayni paytda keng kölamli quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilmoqda.
Uşbu dastur doirasida bizning 10-sonli MTM binosi ham zamon talablari darajasida joriy taʼmirlandi.
Muassasamiz 1976-yilda qurilgan bölib, eşik va derazalari, poli, hatto tomi ham ança eskirgan, istiş tizimlari tamoman yaroqsiz holga kelib qolgan edi. “Amudaryo maxsus quriliş” taşkiloti quruvçilari tomonidan 735 mln sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari olib borildi.
Quruvçilarga ming rahmat, sifatli taʼmirlaş işlaridan söng muassasamiz tamoman yangi qiyofa kasb etdi. Zamonavy “Akva” eşik va deraza romlari, issiqlik tejamkor isitiş tizimlari, hatto bolalar maydonçalari – barçasi kişiga zavq bağişlaydi.
Ayni kunda muassasamiz tamoman yangilangan şaroitda faoliyat olib borilmoqda. 6 ta guruhda 3 yoşdan 6 yoşgaça bölgan 120 nafar bola tarbiyalanmoqda. Şuningdek 3 yoşdan 4 yoşgaça bölgan 40 nafar bolajonlar xuddi ota-onalari bağridagi kabi yayrab ösişmoqda. Ikkita maktab taʼlimiga tayyorlaş qisqa guruhimizda 50 nafar bolaga boşlanğiç taʼlim-tarbiya berilmoqda. Tarbiyaçilarning 7 nafari oliy, 3 nafari örta maxsus maʼlumotga egaa bölib, barçasi qayta tayyorlov kurslarida tahsil olişgan. Muassasmizda xodimlar uçun ham, kiçkintoylar uçun ham barça şaroitlar muhayyo. Maqsadimiz, har tomonlama yetuk, barkamol farzandlar tarbiyalaş. Ana şu masʼuliyatli va şarafli işni ado etiş yölida fidoyilik bilan mehnat qilaveramiz.
Fursatdan foydalanib barça yurtdoşlarimizni Mustaqilligimizning 27 yilligi bilan samimiy tabriklayman. Bayram barçaga xuş kayfiyat baxş etsin.
Aqaral ATABAYeVA, Nazarxon ovulidagi
10-sonli MTM mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶