Qarovsiz bino obod dökonga aylandi
“Çoyköl” ovulining “Şayx qalʼa” mahallasida yaşovçi Soatboy Şerboyev oilasini mahalla ahli mohir tadbirkor, işbilarmon sifatida hurmat qilişadi. Sababi, oilaning barça aʼzolari – Soatboy Şerboyevning umr yöldoşi Erkinoy Bekçonova, kelinlari va uç nafar farzandi ham tadbirkor.
Yaqinda Soatboy Şerboyev farzandlari bilan bamaslahat yana bir xayrli işga qöl urdi: ovul markazida qarovsiz, böş turgan binoning bir qismini taʼmirlab, kundalik ehtiyoj mollari dökonini oçdi. Asosan Özbekistonda va xorijiy kompaniyalar tomonidan işlab çiqarilgan sifatli matolar, bolalar kiyim-keçaklari bilan savdo qiluvçi dökonda oziq-ovqat mahsulotlari hamda kiçik maktab bozorçasi ham taşkil etilgani köpçilikka, ayniqsa ota-onalarga juda manzur bölmoqda.
– Kelin olib, qiz uzatadigan oilalarga ikki yoqlama şartnoma asosida, kelişilgan narxlarda mahsulotlar ham yetkazib beramiz, – deydi sotuvçisi Erkinoy Bekçonova. – Maqsadimiz – xalqqa manzur va munosib xizmat körsatiş.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶