EKSTREMIZMGA QARŞI KURAŞIŞ yangi qonun bilan tartibga solinadi
Global muammoga aylangan ekstremizmga qarşi kuraşiş borasida xalqaro miqyosda ham, mamlakatimizda ham qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingan.
Şular jumlasida, yaqinda Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatda maʼqullangan, Prezidentimiz tomonidan imzolanib, şu yilning 31-iyul kuni eʼlon qilingan “Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonun ham ekstremizmga qarşi kuraşiş sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş böyiça qator çora-tadbirlarni özida jamlagani bilan ahamiyatlidir.
Qonunga köra ekstremizm – ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlaştirişga, Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zörlik bilan özgartirişga, hokimiyatni zörlik işlatib egallaşga va uning vakolatlarini özlaştirib olişga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatişga qaratilgan harakatlarning aşaddiy şakllari ifodacidir. Ekstremistik faoliyat esa Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini zörlik bilan özgartirişga, hududiy yaxlitligi va suverenitetini buzişga, hokimiyat vakolatlarini egallaşga yoki özlaştirişga, qonunga xilof qurolli tuzilmalar tuzişga yoki ularda iştirok etişga, terrorçilik faoliyatini amalga oşirişga, zörlik yoki zörlik işlatişga oşkora daʼvat qiliş bilan boğliq holda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatişga, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvçi materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etişga, şuningdek, ekstremistik taşkilotlarning atributlarini yoki ramziy belgilarini tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etişga, biror-bir ijtimoiy guruhga nisbatan siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy, etnik yoki diniy adovat yoxud duşmanlik sababli ommaviy tartibsizliklarni amalga oşirişga, yuqoridagi kabi harakatlarni amalga oşiriş uçun oşkora daʼvat qilişga qaratilgan harakatlarni rejalaştirişga, taşkil etişga, tayyorlaşga yoki sodir etişga doir faoliyatdir.
Qonunning 4-moddasida körsatilganidek, mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligini taʼminlaş, oşkoralik muhitini yaratiş, javobgarlikning muqarrarligini anglatiş ekstremizmga qarşi kuraşişning asosiy printsiplari hisoblanadi. Undan taşqari, ekstremizmning oldini olişga doir çora-tadbirlarni amalga oşiriş hamda bu böyiça aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini şakllantiriş kabilar davlat siyosatining asosiy yönalişlari hisoblanadi.
Qonunning 6-moddasiga köra, Özbekiston Respublikasi hududida ekstremistik faoliyatning har qanday körinişlari, yuridik şaxslar taşkil etilganda ularni ekstremistik taşkilotlarning nomi bilan adaştirib yuboriş darajasida bir xil yoki öxşaş bölgan belgilarni öz içiga olgan nomlardan foydalaniş taʼqiqlanadi.
Qonunning 2-bobida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini şakllantiriş, ekstremistik faoliyatni amalga oşirişga yöl qöymaslik töğrisida rasmiy ogohlantiriş çiqariş, yuridik şaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oşirilişiga yöl qöymaslik töğrisida taqdimnoma kiritiş, ekstremistik materiallarni olib kiriş, tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş va namoyiş etişni taʼqiqlaş, ekstremizmni moliyalaştirişni taʼqiqlaş, yuridik şaxsning faoliyatini töxtatib turiş, taşkilotni ekstremistik taşkilot deb topiş kabi ekstremizmning oldini olişga doir çora-tadbirlar körsatib ötilgan.
Rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uç oy ötgaç kuçga kiradigan mazkur Qonunda Özbekiston Respublikasi fuqarolari, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar ekstremistik faoliyatni amalga oşirganlik uçun qonunga muvofiq javobgar böladi, deyilgan. Agar şaxs ekstremistik faoliyatda iştirok etişni öz ixtiyori bilan rad etib, tegişli davlat organlariga xabar bersa, oğir oqibatlarning va ekstremistlarning maqsadlari amalga oşişining oldini olişga faol kömaklaşsa, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod etilişi ham qonunda belgilangan.
Qonundagi talablarni bajariş va ekstremizmga qarşi kuraşiş, ekstremistlarning qora niyatlari amalga oşişiga yöl qöymaslik har birimizning vazifamiz hisoblanadi.
Dilşod IBRAGIMOV,
tuman Içki işlar bölimi boşliği, podpolkovnik.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶