21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:35
Sport 👁 1,040

HAP BIP MAHALLA, OVULDAFUTBOL MAYDONI BAPPO ETILADI

HAP BIP MAHALLA, OVULDAFUTBOL MAYDONI BAPPO ETILADI

Yosh avlodning har jihatdan barkamol boʻlib voyaga yetishida sportning oʻrni juda muhim. Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab sportning ommaviyligiga erishish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oʻzining ijobiy samaralarini berayotganiga hammamiz guvohmiz.

Yaqindagina –18-avgust-2-sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida boʻlib oʻtgan XVIII Osiyo oʻyinlarida sportning 30 turi boʻyicha ishtirok etgan 234 nafar sportchilarimizning 45 ta mamlakat sportchilari orasida eng kam tarkib bilan boʻlsa-da, umumjamoa hisobida beshinchi oʻrinni egallagani, 21 ta oltin, 24 ta kumush, 25 ta bronza medalni yengib olgani ham sportga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan sharoitlar natijasidir.

Endilikda mamlakatimizda sportning futbol turi ham rivojlanishi va bu borada ham salmoqli yutuqlar qoʻlga kiritilishiga asos yaratildi. Bu asos Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yigʻinlarida sportning futbol turini yanada rivojlantirish hamda fuqarolar yigʻinlari raislarining oʻrinbosarlari – yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroridir.

Qarorga muvofiq aholining, xususan, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari, futbol bilan muntazam shugʻullanishlari uchun mahallalarda zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Qaror bilan davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy futbol maydonlarini tashkil etish boʻyicha “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturini amalga oshirish tartibi belgilangan.

Endilikda har bir mahallada davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat tashkilotlari va tashabbuskorning oʻz mablagʻlari, shuningdek, boshqa manbalar hisobiga futbol maydonlari qurish uchun bepul yer ajratiladi.

Shunisi eʼtiborliki, futbol maydonlarida mazkur mahalla yoshlarining maʼlum vaqtda bepul shugʻullanishlari taʼminlanadi.

Bu vazifalarni sidqidildan bajarib, oʻz mahallasida yoshlarni futbolga faol jalb etgan va yoshlar orasida jinoyat, huquqbuzarliklar kabi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olishga erishgan fuqarolar yigʻinlari raislarining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarini ragʻbatlantirib borish tartibi ham mazkur qarorga muvofiq qabul qilingan “Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari oʻrinbosarlari –yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq belgilab berilgan.

Qarorga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan vazifalar mamlakatimizda, shu jumladan, tumanimizda yoshlarni sogʻlom qilib tarbiyalashga, iqtidorli yoshlarni futbolga jalb etishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham qaror ijrosini taʼminlashga sidqidildan harakat qilamiz.

Suratda: Arna boʻyi mahallasi birinchiligi uchun oʻtkazilgan futbol musobaqalari gʻolib jamoasi.

Otabek IBPAGIMOV, oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini

muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisi oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026