Poçta aloqasi xizmati zamon bilan hamnafas rivojlanmoqda
Tarixdan maʼlumki, çoparlikka eng zukko, xotirasi kuçli va sabr-toqatli insonlarni saralab olişgan. Zero, maktub va har qanday jönatilgan narsalarni öz vaqtida, aniq va bezarar öz egasiga yetkaziş ularning zimmasiga yuklatilgan.
Bugungi kunga kelib ularning vazifasini poçta tarmoqlari bajarmoqda. Endilikda ularga bildirilgan işonç va masʼuliyat avvalgiga qaraganda birmunça muşkul, desak mubolağa bölmaydi. Sababi hozirda mahalliy hududlardan tortib, xorijiy jönatmalar ham son jihatdan ança köpayib bormoqda.
Tumanimizdagi “Özbekiston poçtasi” AJga qaraşli Qoraqalpoğiston filiali Manğit poçta aloqa tarmoği xodimlari ham aholiga beminnat yordamini berib kelişmoqda. Mazkur bölimda 23 nafar xodim markaziy aloqa bölimi hamda 9 ta aloqa bölimlarida mehnat qilmoqda.
Poçta tarmoği butun tuman böylab aholiga xat-xabarlar, jönatmalar, banderollar, davriy naşrlarga obunalarni öz manziliga yetkaziş bilan şuğullanmoqda. Qolaversa, pul ötkazmalari, xalqaro jönatmalarni ham qabul qilib, egalariga yetkaziş ham şular jumlasidandir.
“Tezkor poçta”, “Kurerlik xizmati” kabi xizmatlar orqali jönatilgan xat-xabarlar, banderollar 24 soat davomida respublikaning istalgan manziliga işonçli tarzda yetkazilişi taʼminlanadi. Umuman olganda, bunday masʼuliyatli vazifalarni tumanimiz poçta xodimlarining sidqidildan ado etayotganligi aholi eʼtirofiga sazovor bölmoqda.
Oxunjon ABDULLAYeV,
gazetaning jamoatçi muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶