Nodavlat maktabgaça taʼlim muassasalari bolajonlarning soğlom, yetuk bölib ulğayişiga xizmat qiladi
Mamlakatimizda maktabgaça taʼlim sohasiga, yoş avlod tarbiyasiga eʼtibor qaratilayotgani kiçkintoylarga ğamxörlik ifodasidir. Bugungi kunda maktabgaça taʼlim yoşidagi bolalarni maktabgaça taʼlim muassasalariga töliq qamrab oliş maqsadida davlat-xususiy şeriklik asosida nodavlat maktabgaça taʼlim muassasalarini taşkil qiliş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqilib, ijrosi jadal olib borilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi «Maktabgaça taʼlim tizimi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi, 2018-yil 2-apreldagi “Maktabgaça taʼlim tizimini yanada rağbatlantiriş va rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlaş böyiça bir qator işlar amalga oşirildi. Şu jumladan, tumanimizda 2018-yilda davlat xususiy-şerikçilik asosida jami 10 ta nodavlat maktabgaça taʼlim muassasasini taşkil etiş belgilangan bölib, şundan 3 tasi rekonstruktsiya, 6 tasi yangidan qurilişi, 1 ta uy-boğça taşkil qilinişi belgilangan edi. Bugunga qadar ularning 8 tasida quriliş işlari jadal olib borilmoqda.
A.Navoiy nomli mahalla hududida taşkil qilinayotgan, 75-öringa möljallangan “AMU QUYOSHI” nodavlat maktabgaça taʼlim muassasasini rekonstruktsiya qiliş uçun şu kungaça bank tomonidan 700 mln. söm miqdorida kredit ajratildi. Hozirda bu muassasada rekonstruktsiya işlari amalga oşirilmoqda va joriy yilning oktyabr oyida foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan. Toş yop ovuli hududida 50-öringa möljallangan “YULDUZCHA-MANG’IT” nodavlat MTM binosi foydalanişga topşirilgan bölib, bu muassasada tarbiyalanuvçilar uçun barça şaroitlar yaratilgan. Jumladan, bolajonlarning zamonaviy taʼlim-tarbiya olişlari uçun alohida maşğulot xonalari, yotoqxonalar, ovqatlaniş xonalari, yozgi ayvonçalar, alohida oşxona, omborxonalar zarur zamonaviy jihozlar bilan töliq jihozlangan. Muassasada bolalar özlarini erkin his qilişlari uçun turli xil köngiloçar maşğulotlar taşkil qilinadi, ota-onalar ham öz farzandlarini işonçli qöllarga topşirib, ularning yaxşi şaroitlarda tarbiyalanayotgani uçun minnatdor bölmoqdalar. Hozirda muassasada 25 nafar tarbiyalanuvçi taʼlim-tarbiya olmoqda.
Tumanimizda bunday zamonaviy maktabgaça taʼlim muassasalarining taşkil qilinayotganligi tumanimiz aholisiga ularning farzandlari barça şart-şaroitlarga ega maktabgaça taʼlim muassasalarida tarbiyalaniş imkoniyatlarini yaratişi bilan bir qatorda Yurtboşimiz taʼkidlaganlaridek, yoş avlodning har tomonlama yetuk, soğlom, intellektual va barkamol bölib voyaga yetişlari uçun zamin yaratadi.
Bugun ota-onalari qölidan tutib, boğçalarga talpinib kelayotgan bolajonlar mamlakatimiz kelajagini barpo qiladigan yetuk insonlar bölib voyaga yetişi bizning bugungi mehnatimizga köp jihatdan boğliq. Ana şunday masʼuliyatli kasb egalari – maktabgaça taʼlim muassasalari xodimlarini kasb bayrami bilan qizğin qutlayman!
Mohira Yusupova, tuman Maktabgaça taʼlim bölimi
nodavlat maktabgaça taʼlim muassasalarini qöllab-quvvatlaş
hamda maktabga muqobil turlarini tayyorlaş şöʼba mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶